Eldor Shomurodov "Tahsin" mukofotini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2019, 13:42
Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofotining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur marosimda turli soha vakillari qatori o'zbek sportchilari ham etirof etildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov sport sohasida mamlakat nufuzini ko'tarishda qo'shayotgan hissasi uchun “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot sovrindorlariga 10 million so'm miqdorida pul mukofoti, diplom va maxsus statuetkalar topshirildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz