So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Usmonali Ismonaliev "Paxtakor" bilan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Nega? Yangiliklar

Usmonali Ismonaliev "Paxtakor" bilan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Nega?

Malumki, ertaga Superliganing navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi.

 CHempionat autsayderi "Andijon" o'z maydonida peshqadam "Paxtakor"ni qabul qiladi. "Burgutlar" tarkibida bo'lajak uchrashuv oldidan jiddiy yo'qotish mavjud.  Gap jamoaning etakchisi Usmonali Ismonaliev haqida ketmoqda.  4-raqam egasi oxirgi turlarda hujumchi sifatida xarakat qilib,  o'z hisobiga gol yozdirib qo'yish bilan birga saytimiz ramziy terma jamoasidan ham o'rin egallab kelmoqda. SHu munosabat bilan Usmonali bilan suhbatlashib,  ayrim savollarga javob oldik.

- Usmonali, "Metallurg" bilan o'tgan o'yinda jamoangiz tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi.  Buning uchun Sizlarga nima etishmadi deb hisoblaysiz?

- Agarda jamoamiz tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsangiz, hamma futbolchilar  deyarli bir xil yoshdamiz.  Superligada bungacha ko'p ham o'ynamagan yigitlar bor. SHuning uchun bizga ozgina maxorat etishmayapti. Albatta,  o'z maydonimizdagi bahsda ham g'alaba qozonib,  muxlislarimizni quvontirishni istagandik.  Ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida munosib turib bera olmadik.  Buning oqibatida raqib jamoa ikkita goli bilan jazolab ketdi.  Juda ham alamli mag'lubiyat bo'ldi.  Lekin bu  -  futbol. Natija tarixda qoldi. Endi etiborni keyingi o'yinga qaratish kerak.  

- Ikki o'yindan buyon hujumchi vazifasini bajarib,  aktivingizga gol yozdirib kelyapsiz.  Xarakatlaringizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

-  Bilasizmi hujumchi sifatida o'ynash men yangilik bo'layotgani yo'q.  CHunki oldin ham markaziy yarim himoya va hujumchi ortida o'ynaganman.  To'g'risi menga mudofaa chizig'ida o'ynashdan ko'ra, hujumchi sifatida xarakatlanish qulayroq bo'lyapti. SHuning uchun o'zimni o'yinimdan ko'nglim to'lyapti deya olaman.  Ammo jamoamizning oxirgi uchrashuvda mag'lub bo'lgani dilni xira qildi.

- Championat.asia saytining tur ramziy terma jamoasiga tushib kelayotganingiz ham kayfiyatni ko'tarilishida muhim o'rin tutayotgan bo'lsa kerak?

- Menimcha bunday etirof har bir futbolchiga zavq bag'ishlaydi. Yanada oldinga intilishida dalda bo'ladi. Men ham saytingizni doimiy kuzatib boraman. Albatta, ramziy terma jamoada o'zimni ko'rib xursan bo'laman. Lekin yuqorida aytganimdek, jamoangiz omadsizlikka uchrasa, shaxsiy yutuqlar unchalik ham tatimas ekan. Fursatdan foydalanib,  saytingiz ijodkorlariga menga bo'lgan etibori uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Nima deb o'ylaysiz, davralar oralig'ida kelib qo'shilgan legionerlarning foydasi qanchalik tegmoqda.  Masalan Sovpelni o'rnida maxalliy boshqa bir futbolchi o'ynagani maqul emasmi?  Aytaylik,  Farhod Sohibjonov.

- Nafaqat legionerlar. Balki boshqa futbolchilar tanlovi bo'yicha ham fikr bildira olmayman. CHunki jamoaga kimni olishni murabbiy hal qiladi. Extimol siz aytgandek, legionerlar bugungi kunda  mahalliy futbolchidan bir bosh ustun emasdir. Ammo hammani o'ynash fursati keladi. Murabbiy raqib jamoaga qarab,  o'yinchilarni tanlaydi. Uning ishiga aralashmaslik kerak.

- Ertaga jamoangiz yana o'z maydonida o'ynaydi.  Bu safargi raqib  -  Superliganing amaldagi chempioni "Paxtakor" klubidir. Tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda? 

- Afsuski ertangi o'yinda sariq kartochkalarim soni 4taga etgani sababli ishtirok eta olmayman.  Bu haqda kecha bildim.  SHuning uchun "Paxtakor"ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoadoshlarimga omad tilayman. Qiyin uchrashuv bo'lishi aniq.  Umid qilamanki, yigitlar o'zini ko'rsatib, ijobiy natija bilan muxlislarni xursan qiladi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика