So’nggi yangiliklar

13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  0 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  1 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  3 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  18 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  8 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  17 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10

Usmon Toshev: "O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi Tojikiston uchun har tomonlama qulay" Yangiliklar

Usmon Toshev: "O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi Tojikiston uchun har tomonlama qulay"

Tojikiston terma jamoasi yaqin kunlarda yig'in boshlashi haqida xabar bergan edik.

Biz bu borada Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi, o'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshevning fikrlariga quloq tutdik.

"Tayyorgarlikni sekin-asta boshlamoqdamiz. Sentyabr oyida O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Dubayga uchamiz va u erda ham bir nechta nazorat bahslarida ishtirok etamiz. Bularni barchasi rejamizdan o'rin olgan. Rasmiy o'yinlarga tayyorgarlik jarayonida barcha terma jamoalar o'zlari uchun raqib topadi. Maqsad futbolchilarni ko'rib olish va turli taktikalarni sinab ko'rish. O'zbekiston bilan o'yinda o'z imkoniyatlarimizni yana bir bor ko'zdan kechirib olishni maqsad qilganmiz. Men uchun ham bu foydali bo'lishi tabiiy. SHogirdlarimni mashg'ulotdagi harakatlari  bilan o'yindagi harakatlari o'rtasida farq bo'ladi. O'zbekiston bilan o'yindan so'ng futbolchilarimning jismoniy holati, taktik tayyorgarligi borasida xulosaga kelib olaman. O'zbekiston bilan o'yin biz uchun har tomonlama qulay. Birinchidan yaqin, ikkinchidan taomlarimiz va iqlimimiz o'rtasida deyarli tafouvt yo'q. Uzoq masofa yo'l yurmaymiz. Har bir terma jamoa o'zi uchun qulay bo'lgan tomonni tanlaydi. Bir haftalik yig'inga kirishganmiz. Boz ustiga karantin ham rejalarimizga malum darajada tasir qildi. Ishlashda davom etamiz",- deydi Usmon Toshev.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика