So’nggi yangiliklar

17:26Мората ҳам Саудия Арабистонига йўл оладими?  1 16:58Аспиликуэта "Атлетико"да яна бир мавсум қолади  1 16:27Гаттузо ўз жамоасига Ракитични олиб келмоқчи  0 15:57Суперлига. Қолдирилган учрашувларни ўтказиб юборадиганлар  2 15:33"Насаф" 2017 йилдан буён Қаршида "Навбаҳор"ни юта олмаяпти  23 15:03"Атлетико" тўрт ўйинчи билан хайрлашганини эълон қилди  1 14:34Де ла Фуэнте Мамардашвилининг Хвичани бутун Испания терма жамоасидан яхшироқ деган фикрига муносабат билдирди  3 14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  4 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  6 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  7 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  3 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  4 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  11 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  3

Usmon Toshev: “Biror kishi Amerika ochmoqchimi?” Yangiliklar

Usmon Toshev: “Biror kishi Amerika ochmoqchimi?”

Andijonning "Andijon" jamoasi kelasi yili ham birinchi ligada to'p tepishidan barchaning xabari bor.

“Andijon” o'tgan yili oliy ligada so'nggi pog'onani egallab quyi ligaga tushib ketgan edi. Bu yil “burgutlar” oliy ligaga qatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandi. Afsuski, “Andijon” kelasi yil ham birinchi ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Biz “Andijon” jamoasining nima sababdan bunday natija qayd etayotganini bilish maqsadida bosh murabbiy Usmon Toshev bilan suhbatlashdik. 

- O'FF tomonidan kelasi yili oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etishi haqida qaror chiqqanidan xabaringiz bor. Bunga qanday fikr bildirasiz?

- O'FF tomonidan yangi qaror chiqarildi. Yani oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi va birinchi ligadan faqat 1ta klub oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bundan tashqari barcha jamoalar licenziya topshirishi kerak. Licenziyalashdan o'ta olmagan jamoalar oliy ligada ishtirok eta olmaydi. Federaciya qaror qabul qilib bo'ldi. Endi mana shu qarorga qarab ishlaymiz. Bizda boshqa tanlov yo'q. Bunday qaror futbolimiz rivoji uchun xizmat qilsa juda ham yaxshi. 

- Ushbu qaror chiqmagan taqdirda ham “Andijon” oliy liga yo'llanmasini qo'lga kirita olmasdi. SHundan keyin ham klub rahbariyati sizning kelajagingiz borasida bir qarorga kelmadimi?

- Istefoga chiqish yoki chiqmaslikni vaqt ko'rsatadi. Albatta mening oldimga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. “Andijon”ni oliy ligaga chiqishini xohlardim. SHuning uchun ham bu erga kelgandim. Oldimizga qo'yilgan vazifani amalga oshirish uchun kerakli futbolchilarni tarkibga qo'shib olgandik. Lekin sizlar boshqa narsani o'ylanglar. Har qanday murabbiyni istefoga chiqarish mumkin. Yoki bo'lmasam istalgan murabbiyni ishga olish mumkin. Lekin ishni qanday tashkillashtirish, jamoaning ichki va tashqi muhiti, bularning barchasi muhim jihat hisoblanadi. Biz barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak “Cementchi” ham barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan taqdirda ham birinchi o'rinni egallay olmasdik. Istefoga chiqarish oddiy narsa. Jamoada qanday ish bajarildi, ishni to'g'ri bajardikmi, mashg'ulotlar to'g'ri o'tkazildimi, sharoitlar to'g'ri keladimi, bularni barchasini men aytganim bilan bunga men aybdor emasman. Misol uchun meni istefoga chiqardi deylik. Ertaga meni o'rnimga boshqa murabbiy keladi. U ham jamoani oliy ligaga olib chiqa olmasa, uni ham istefoga chiqarish kerakmi? Qani bu erda taraqqiyot? Qani bu erda 2, 3 yillik ish rejasi? Biron kishi Amerika ochmoqchimi? SHunday bo'lsa ham “Andijon”da yiliga 3, 4ta murabbiy almashadi. Rahbariyat ham almashadi. Qani bu erda xulosa? Jamoaning omadsiz ishtiroki bitta murabbiyga bog'liq emas. Jamoani oliy ligaga olib chiqish uchun menga sharoit yaratib berishdimi? Birinchi navbatda mana shu masala haqida bosh qotirish kerak. 


- Rahbariyat siz talab qilgan narsalarni barchasini qilib berdimi?

-Nima talab qilganim haqida matbuotga aytishim kerak emas. Lekin juda ham og'ir vaziyat. Oliy ligaga chiqish uchun oddiy narsalar yo'q edi. SHuning uchun elitaga chiqish qiyin edi. Lekin oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun futbolchilarning kuchi etardi. Men talab qilgan narsalarni rahbariyat qilib bermadi. Oliy ligaga chiqa olmaganimizga buni bahona qilmoqchi emasman. Qilmagan narsamizni qila olmadik. Klubda tashkiliy ishlar juda ham past. Birinchi liganing o'zida tashkiliy ishlaring o'zi past darajada. 

- Jamoaning oliy ligaga chiqa olmaganiga kim sababchi? Futbolchilarmi yoki murabbiylar?

- Bunda hech kim aybdor emas. SHunchaki biz oliy ligaga chiqa olmadik. Jamoaning ichki sirlari haqida sizga aytmoqchi emasman. 

- “Andijon” jamoasi qayd etgan natijalardan so'ng, muxlislar o'z etirozlarini bildirishdi va futbolchilarning, sizning shaningizga nomaqbul so'zlarini aytishdi. Bunga javobingiz qanday?

- 4, 5ta muxlislar bizni tanqid qilgan bo'lishi mumkin. Qolganlari bizga rahmat aytishdi va bir muxlis oldimga kelib so'kishlar, tanqidlar, etirozlarning barchasi uchun uzr so'rab qo'ydi. Hech qanday uzr kerak emas. Bunday holatlarni yaxshi tushunishimni aytdim. Dunyoda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'qmi? Har bir jamoa g'alaba qozonadimi? Mag'lubiyatga uchrasak futbolchilarni yoki murabbiyni so'kish kerakmi? Bu qanaqa madaniyat?  Kim xato qilmaydi? Xato qilgani uchun otasidan, onasidan so'kish kerakmi? Bu Andijon xalqiga to'g'ri kelmaydi. Andijon juda ham mehmondo'st xalq. 


- “Andijon”ga kelganingizda ichki muhit qay darajada edi? Hozir ichki muhitni qanchalik o'zgartirdingiz?

-Jamoaga kelganimdan so'ng 9ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Taklif qilgan futbolchilarning barchasi tajribali, oliy liga havosidan baxra olgan va tartibli futbolchilar. Har bir murabbiy mana shunday futbolchilar bilan ishlashni xohlaydi. Lekin chetdan bizga xalaqit berishga urunishdi. 

- Agarda kelasi yili ham “Andijon”da qoladigan bo'lsangiz, jamoaning o'zagini saqlab qolasizmi?

-Kelasi yili oldimizga qanday vazifa qo'yiladi buni vaqt ko'rsatadi. SHunga yarasha jamoa tuzishga harakat qilamiz. Men hech kimni ishiga aralashmayman. O'zimning ishimga biror kimni aralashishini xohlamayman va bunga yo'l qo'ymayman. Agarda aqli, bilimi mendan kuchli bo'lsa mayli menga o'rgatsin. Futbolchi futbolchiligini, murabbiy murabbiyligini, boshliq boshliqligini qilishi kerak. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика