"TerDU" Pro ligada ishtirok etadi
10 fev 18:47
Yangiliklar
"TerDU" Pro ligada ishtirok etadi
"Universitet rektori Abduqodir Toshqulov tashabbusi bilan klub endi nisbatan kattaroq Ligada ishtirok etadi.
O'tgan yilning iyul oyida Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan "Qiziriq" futbol klubi Termiz davlat universiteti tasarrufiga o'tkazilgan bo'lib, klubi nomi "TerDU"ga o'zgartirilgandi. Shundan so'ng klub faoliyatida jonlanish kuzatildi va "TerDU" mavsumni o'z mintaqasida beshlikda yakunlab, Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichida ishtirok etdi. Oliy talim muassasi rektori o'z xatida "TerDU" Pro liga uchun talablarni bajarishga tayyor ekanligini malum qildi.
Termiz shahrida professional futbol uchrashuvlari talablariga javob beradigan arenalar soni cheklangan. Shundan kelib chiqib, "TerDU" "Surxon" futbol klubi bilan shartnoma imzoladi va 2026 yilgi mavsum davomida uning zaxira maydonidan rasmiy uchrashuvlar davomida foydalanish bo'yicha kelishuvga erishdi. Mazkur maydon zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan bo'lib, u Pro liga uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, hududda klublar sonining ortib borishi ehtimoliy yangi maydonlar bunyod etilishiga olib kelishi mumkin.
Liga bilan kelishuv asosida "TerDU" U-19 jamoasi tarkibi universitetning kichik kurs talabalaridan tashkil topadi. O'z navbatida, asosiy tarkib futbolchilari bilan Liga talab qilgan ko'rinishda professional mehnat shartnomalari imzolanadi. Shu tariqa, Surxondaryo viloyatida futbol bilan shug'ullanayotgan yosh futbolchilar kelajakda qo'nim topishi mumkin bo'lgan yana bir klub bosqichma-bosqich rivojlanib boradi.
Qayd etish kerak, Pro liga ishtirokchilarining turli hududlardan ekanligi mamlakat futboli rivoji yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugunga kelib, Superliga klubida o'z o'rnini topa olmagan iqtidorlarda o'zini namoyon qilish imkoniyati mavjud bo'lgan o'rta sinf jamoalari soni ortib bormoqda. Tanlov imkoniyatining oshib borishi esa o'z navbatida raqobat muhitiga ijobiy tasir ko'rsatishi mumkin.
Liga universitetlar qoshida tashkil etilayotgan futbol klublarining yangi bosqichga chiqib borayotganini olqishlaydi. Ishonamizki, qisqa vaqt ichida oliygohlar nafaqat talim, balki professional sport yo'nalishidagi imkoniyatlari bilan ham yosh avlodni o'ziga jalb qila oladi", – deyiladi PFL xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar
Олга Каттакургоним.
Нуробод тумани Тим Кишлоги Ашадий Футбол Мухлислари номидан.