So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Usmon Toshev: “Andijon” oliy ligaga birinchi o'rin bilan chiqmoqchi” Yangiliklar

Usmon Toshev: “Andijon” oliy ligaga birinchi o'rin bilan chiqmoqchi”

Teglar :  AndijonUsmon Toshev
“Andijon”ning yangi futbolchilarini tanishtiruv marosimi asnosida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ayrim savollarga javob berdi.

- Davralar oralig'idagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini asosan o'z qarorgohimizda o'tkazdik. Rejaga ko'ra, poytaxtga borishimiz ham lozim edi. U erda ko'proq oliy liga klublariga qarshi nazorat uchrashuvini tashkil etishni o'ylagandik. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, sparring-raqib topilmadi. SHu bois Andijonda shug'ullandik. Bu orada “Qo'qon-1912”, “Neftchi” yoshlari va birinchi liga jamoalari bo'lmish “UzDongJu” va “Norin”ga qarshi o'rtoqlik bahslarida maydonga tushdik. Qo'l ostimizdagi yigitlarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdik. O'yinimizni shakllantirishga xarakat qildik. Etibor bergan bo'lsangiz, selekciya jarayonini boshqalarga nisbatan faol tarzda o'tkazdik. Tajribali va iqtidorli o'yinchilarni taklif etdik. Endi ulardan umidimiz katta.  

- Rahbariyat tomonidan jamoani oliy ligaga qaytarish vazifasi qo'yilgan. Bu yo'lda barchamiz birlashsak, maqsadga muvofiq bo'lardi deb hisoblayman. Murabbiylar, futbolchilar, rahbariyat va muxlislar. Rahbariyat tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilsa, muxlislardan qizg'in qo'llab-quvvatlash bo'lsa bizning ham mazmunli o'yin va kerakli natija qay etishimiz osonroq kechardi. Biz oliy ligaga birinchi o'rinni egallagan xolda chiqmoqchimiz. To'g'ri, ikkinchi o'rinni olsak ham pley-off orqali chiqsa bo'ladi. Lekin biz maksimal natija uchun kurashamiz. Menimcha hozirgi kundagi sharoitimiz va tarkibdagi futbolchilarni oliy aytadigan bo'lsam, bemalol oliy liga jamoalari bilan taqqoslasak bo'ladi.

- Musobaqa qonun-qoidalariga ko'ra, 25 nafar futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkaza olishimiz mumkin. SHu bois ko'p yoshlarni hozir tarkibga jalb etish mavridi emas. Nasib qilsa kelasi yil, oliy ligada ishtirok etsak, mahalliy yoshlarga etibor yanada kuchaytiriladi. Andijon viloyati ikkinchi ligasi o'yinlari bo'lib o'tayotganidan xabarim bor. Aynan shu uchrashuvlar orqali iqtidorlarni ko'zdan kechirib boramiz.  

- Akmal Xolmatov tajribali futbolchi sanaladi. Uning mahoratiga shubha yo'q. Bungacha kuchli jamoalar sharafini himoya qilgan va taniqli mutaxassislar bilan birga ishlagan. Unda pleymeykerlik xususiyati ham mujassam. SHuningdek qanot yarim himoyasida ham faol o'yin ko'rsatadi. Xolmatovning boy tajribasi yoshlarga ham asqotadi degan umidda taklif etganmiz. Bizda nafaqat Akmal balki boshqa yana tajribali o'yinchilar bor. Ular ham o'z ortidan boshqalarni ergashtira oladi.

- Boshlang'ich tarkib borasida hozircha bir to'xtamga kelib ulgurmadik. Istardimki, ihtiyorimizdagi 25 nafar futbolchi doimo o'yinga tayyor xolatda bo'lishini. “Yangier” bilan bahsga qadar yana 2-3 marta mashg'ulot o'tkazamiz. SHundan so'ng bu borada bir qarorga kelinadi - deydi Usmon Qudratovich.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика