Usmon Dembele shifokorlarning gapini tasdiqlamadi
21 sen 2017 11:56
Yangiliklar
Usmon Dembele shifokorlarning gapini tasdiqlamadi
"Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-turidan jiddiy jarohat olib, Finlyandiyada operaciya qilingan "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "Instagram"dagi sahifasida Kataloniya klubi shifokorlarining gapini tasdiqlamadi.
Oldinroq, "Barselona" tibbiy xizmati franciyalik forvard safga qaytishi uchun 3,5-4 oy kerak bo'lishini aytgan edi.
"2 oydan so'ng safga qaytaman" - deb yozadi Dembele.
Fikrlar