Usmon Dembele “Barselona”ga o'tishga tayyor, ammo...
13 may 2017 22:21
Yangiliklar
Usmon Dembele “Barselona”ga o'tishga tayyor, ammo...
Kataloniya klubi o'tgan yil yozida ushbu futbolchiga qiziqish bildirgandi. Ushanda ispaniyaliklar Dembeleni “Renn”dan 12 million evroga sotib olishlari mumkin edi. Ammo futbolchining o'zi faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga qarshilik qilgandi. O'shanda futbolchi “Barselona”da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishdan cho'chigandi.
Yil o'tib vaziyat o'zgardi. Tomas Tuxel Dortmund klubi rahbariyati bilan ziddiyat bois “Borussiya”ni tark etish niyatida. Dembele esa o'z agentiga “Barselona” sport direktori Robert Fernandes bilan aloqada bo'lib turishni iltimos qilgan. Futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga tayyor.
Ammo futbolchini Ispaniya grandiga o'tishiga uning transfer qiymati to'sqinlik qilishi mumkin. O'tgan yili “Barselona” fubolchini 12 millionga xarid qilmoqchi edi. Endi “Borussiya” ushbu futbolchini o'tgan yilgi narxidan kamiga ikki barobar ko'piga sotish ilinjida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar