So’nggi yangiliklar

16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2

Ushbu haftada barcha terma jamoalarning murabbiylari aniq bo'ladi Yangiliklar

Ushbu haftada barcha terma jamoalarning murabbiylari aniq bo'ladi

Mazkur hafta O'zbekistonning barcha yoshdagi terma jamoalari murabbiylari nomi aniq bo'ladi.
SHu jumladan, milliy terma jamoada ham. Katta ehtimol bilan MTJda bosh murabbiy o'zgarmaydi. Murabbiylar shtabi borasida hozircha aniq axborot yo'q. Undan tashqari, Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz va olimpiya terma jamoamizni ham kim boshqarishiga oydinlik kiritiladi.

31 dekabr kuni O'FFda faoliyat olib borayotgan barcha murabbiylarning mehnat shartnomalari o'z yakuniga etadi. O'FF Terma jamoalar markazi o'ziga maqul ko'rgan mutaxassi bilan shartnomani uzaytiradi. Ayni paytda MTJda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy. 1993 yilda tavallud topgan yoshlarimizga esa Ahmadjon Musaev ustozlik qilayotgandi. 1996 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz o'z faoliyatini yakunlaganini inobatga olsak, Osiyo chempionati va JCHda mazmunli o'yin ko'rsatgan Dilshod Nuralievni olimpiya terma jamoamiz boshqaruvida ko'rishimiz mumkin. Aleksey Evstafeev esa bugungi yoshlar terma jamoamiz ustozi hisoblanadi. 1998 va 2000 yillar terma jamoalariga esa Temur Alimxo'jaev ustozlik qilishda davom etadi. Hozircha Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida qaysi terma jamoamiz kimning qo'l ostida borishi nomalum.

Kamoliddin Alimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика