Urugvay JCH guruh bosqichlarida 465 daqiqadan buyon gol o'tkazmayapti
24 noy 2022 21:37
Yangiliklar


Urugvay JCH guruh bosqichlarida 465 daqiqadan buyon gol o'tkazmayapti
Qatarda jahon chempionati davom etmoqda.
Turnirning 1-turi doirasida Urugvay termasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi va unda 0:0 hisobi qayd etildi. SHu orqali urugvayliklar JCH guruh bosqichlarida gol o'tkazmaslik borasida 465 daqiqalik seriya qayd etmoqda.
Urugvay termasiga guruh bosqichidagi so'nggi golni 2014 yili Angliya termasi hujumchisi Ueyn Runi urgandi.
Urugvay JCH-2022ning 2-turida Portugaliyaga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar