Urugvay futbol assotsiatsiyasi O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilishini tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2018, 23:34
Avvalroq O'zbekiston Milliy terma jamoasi joriy yilning 7 iyun kuni safarda Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar qilgan edik.

Bu xabarni Urugvay futbol Assotsiatsiyasi ham o'z saytida tasdiqladi.

“Urugvay milliy terma jamoasi Rossiyada o'tadigan Jahon chempionati oldidan so'nggi tayyorgarlikni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'yin bilan o'tkazadi. Uchrashuv 7 iyun payshanba kuni soat 20:00da (mahalliy vaqt) “Centenario” o'yingohida bo'lib o'tadi”, - deyiladi xabarda.

Shu paytga qadar Urugvay va O'zbekistonning milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishmagan. Bu uchrashuv ikki milliy terma jamoa tarixidagi birinchi o'yin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com