So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Аморим Лиccабонда Гвардиоланинг таъзирини берди, "Ливерпуль" "Байер"га имконият қолдирмади  59 03:00ЕЧЛ. "Реал" бу сафар ўз уйида "Милан"га ютқазди  127 01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  24 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  6 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  4 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  14 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  2 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

URUGVAY - ANGLIYA 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

URUGVAY - ANGLIYA 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Braziliyadagi mundial doirasidagi Urugvay - Angliya uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

JCH-2014. “D” guruhi. 2-tur
Urugvay – Angliya 2:1
San-Paulu. “Arena Korintians” stadioni.
Bosh hakam:
Karlos Velasko (Ispaniya)
Yordamchi hakamlar: Roberto Alonso Fernandez (Ispaniya), Xuan Yuste (Ispaniya).
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

GOLLAR: Luis Suares 38, 85 - Ueyn Runi 75

Urugvay: Muslera, Ximenes, Godin, Kaseres, A. Pereyra, Arevalo Rios, Lodeyro (Stuani, 66), Gonsalez, K. Rodriges, Suares (Koates, 87), Kavani

Angliya: Xart, G. Jonson, Yagielka, Keyxill, Beyns, Jerrard, Xenderson (Lambert, 89), Uelbek, Runi, Sterling (Barkli, 63), Starrij

Ogohlantirishlar: Godin 9 - Jerrard 68
 

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

G'olib jamoa muxlislarini tabriklaymiz. Angliya muxlislariga esa sabr tilaymiz. Bugun mag'lub bo'ldingiz lekin ertaga albatta g'alaba sizniki bo'ladi!

90+5. O'yin tugadi. Urugvay g'alaba qozondi. Angliya deyarli uyga qaytadi. Luis Suares Urugvayga g'alaba keltirdi.

90+5. Burchak to'pi, Jo Xart jarima maydoni ichida! Kexillning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

90+4. Angliya gol ursa urdi bo'lmasa gud bay!

90+3.
Urugvay o'z darvozasi oldiga poezd qo'yib oldi, bunga haqqi yo'qmi? Bor albatta

90+2. Xojson o'rniga o'tirib oldi, to'g'ri samalyotda o'tirib ketiladi... shunga tayyorgarlik, Tabares esa turibdi, ham ko'p o'yinlarni turib kuzatsa kerak

90.
O'yinga five (5) daqiqa qo'shib berildi, Angliya butun jamoa bilan hujumga o'tmoqda

89. O'zgarish. Angliya.
Xenderson o'rniga Lambert tushdi

87. O'zgarish. Urugvay.
Suares o'rniga Koates tushdi

87.
Jerrardning pasidan so'ng Muslera to'pni egallab oldi

87.
Undan oldin Suares shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Bugun boshqa maydonga tushmaydi.

87.
Angliya jarima to'pini tepadi.

85. Muslera to'pni oldinga tepib berdi, to'p raqib jarima maydoni yonidagi Suaresga borib tushdi, uning chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketdi - 2:1.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. LUIS SUARES, LUIS SUARES, LUIS SUARES!!!! Bu qanaqa odam o'zi?!

83. Ikkala jamoani ham durang qoniqtirmaydi, g'alaba kerak. Kim yutarkin?

81.
Yo'q Urugvay ham uxlamagan ekan, ularning hujumlari ham xavfli chiqmoqda. 

77. Starrij raqib jarima maydoni ichida yiqildi, penalti yo'q. Yana Starrij uning zarbasini Muslera qaytardi! Mana Angliya uyg'ondi.


76.
Mayli o'yin qiziqarli bo'lsa bo'ldi

75. Glen Jonson o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Ueyn Runi darvozabon qarshisida qolib darvozaga gol urdi va kaminani muzqaymoqqa tushirdi - 1:1.



75. RRRRRRRRRRUUUUUUUUUUNNNNNIIIIIIIII! Muzqaymoq !!!!!! GOOOOOOOOOOOOOL! 1:1

74.
Starrijning zarbasi xuddi karnaychining g'ijjak chalishiga o'xshab ketdi, juda no'noq zarba

72.
Angliya to'pni o'zida ko'proq egallab turibdi: 62:38. lekin buni hisobga hech qanday aloqasi yo'q

71.
Runi Arevalo Riosga nisbatan qo'pol o'ynadi, Runi qizil olsa demadim gol ursa dedim

70.
Uxlashga ketayotganlar yaxshi yotib turinglar

70. O'zgarish. Angliya.
Uelbek o'rniga o'rniga Lallana tushdi

70.
Angliyalik futbolchilarni ruhlantirib yuborish kerakmi deyman. Bugun Runi gol ursa ertaga SA chilarga bittadan muzqaymoq mandan)

67. Ogohlantirish. Angliya.
Stiven Jerrard

66. O'zgarish. Urugvay. Lodeyro o'rniga Stuani tushdi

64.
Angliya mag'lub bo'lmoqda, JCHdan chiqib ketishga yaqinlar, himoyachilar esa to'pni bir birlariga oshirishmoqda, bunaqada gol urib bo'lmaydiyu

64. O'zgarish. Angliya.
Sterling o'rniga Barkli tushdi

62.
Urugvayda Diego Lugano, Valter Gargano va Martin Kaseres. Angliyada Rahim Sterling.  SHu futbolchilar bugun saiq kartochka olishsa keyingi o'yinni o'tkazib yuborishadi

61. SHifokorlar unga yordam berishdi, shukurki unga hech nima bo'lmadi. Qoyil, mana vatanparvarlik! Pereyra shifokorlar uni almashtirish haqida murabbiylarga aytishdi, futbolchi esa qanaqasiga men o'ynayman deb turib oldi, ikki marta takrorladi shu harakatni!



60. EHHHHHHH! Alvaro Pereyraning ahvoli juda yomon! Sterling tizzasi bilan futbolchining yuziga zarba berib yubordi, u bir necha soniya qimirlay olmadi!

59.
Sterling raqib jarima maydonida yiqildi, hakam bunga ahamiyat bermadi.

59.
Stadionga kelgan muxlislar o'zlarini tabloda ko'rib qolib shaytonlab qolishmoqda...

58.
Xenderson chap qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, posbon o'z o'rnida

54.
Uelbek Muslera bilan to'qnashib ketdi, hakam Uelbek bilan yaxshilab gaplashib qo'ydi. Denni boshqa qilmayman dedi shekilli

53. RUUUUUUUUUUUNIIIIII! 9 metrlardan berilgan kuchli va aniq zarbadan so'ng Muslera to'pni qaytardi!


50. KAVANIIIIIIII! Hozir gol bo'lganida Angliya ortga chipta olaversa bo'lardi. Birga bir vaziyatdan noaniq zarba berdi

48. XAVFLI VAZIYAT!!! Suares burchakdan gol urishi mumkin edi, Xartning noto'g'ri joy tanlashi natijasida darvozaga yo'llangan zarba xavfli ko'rinish oldi. Jo qiyinchilik bilan to'pni qaytardi!

47. Bir gap aytaymi, mana shu rasmdagilardan o'zimizni o'zbek qizlari million marta chiroyli. SHu gapga qo'shiladiganlar bormi, qani bir baqirvorila)

46. Ikkinchi bo'lim boshlanib ketdi. Hazil hazil bilan o'yin davom etadi. Angliya vaziyatni o'nglamasa gud bay Ingland bo'ladi)

Angliyalik futbol muxlisalari, endi kelin boladan baloga qolaman) (hali kelin bola yo'q)



Kecha muxlislarimiz bir ishni qilmaganimizga bizga tanbeh berishibni xatoni to'g'rilaymiz hozir.

45+1. HALF TIME, zo'rakaney inglizcha)) tanaffus biroz dam olamiz. Meni kutgil va men qaytarman deyisharmidi ketib qolmanglar

45. Dastlabki bo'limga one minute qo'shildi, inglizchada gapirvordimmi?

44.
Suares gol urganidan so'ng terma jamoa shifokorini yoniga borib uni barchaga ko'rsatdi, JCHdan oldin operaciya qilingan futbolchini oyoqqa turg'azgan kishi shu bo'ladi

43. Angliya mag'lub bo'lmoqda... inglizlar bilan ham xayrlashamizmi? SHoshmaylikchi

41.
Runi burchak to'pi ishlab oldi. Uning o'zi burchak to'pini amalga oshirdi, ko'k kiyimdagi urugvayliklar to'pni qaytarishdi.

39. ZARBAAAAA! Starrij! Yaqin burchakka berilgan zarbadan so'ng Muslera to'pni qaytardi!

38. Edinson Kavani tomonidan oshirilgan nozik pasni Suares boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.



38. GUUUUUOOOOOOOOOOOOOL! LUIS SUARESSSSSSSSSS!

38.
Bu orada hech kim gol urmagan deb umid qilamiz. Hozirga qadar ikkala jamoa 4tadan noaniq zarba berishdi

37.
Ha yo'q, hammasi joyida tasvir qaytdi)

36. Televizorimiz o'yinni ko'rsatmay qoldi...

34.
Oskar Tabares o'yindan qoniqmayapti, nimalarnidir o'ziga o'zi gapirib yuribdi

33.
Daniel Starrij terma jamoasining oxirgi to'rt uchrashuvida 3ta gol urgan.

32.
Jerrard Kristian Rodrigesni yiqitdi, endi Suares jarima to'pini tepdi. Uelbek to'pni qaytardi

31.
SHarh yozayotganda boshqa narsalarga chalg'ish yaxshi emas ekan. Buni hisobga olamiz.

30.
BAAAAM! To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! Runi edi bu. Jerrardning pasidan so'ng Ueyn yaqin masofadn boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi,



28. Godin! Sariq kartochkasi bor bo'laturib Starrijni yiqitdi, hakam ayadi. Angliya jarima to'pini amalga oshirdi, Jerrardning pasini himoyachilar qaytarishdi

27.
Uelbek oldinga o'tdi, biroq himoyachilar unga imkon qoldirishmadi, bitta qo'shnim bor U Elbek ko'chasida turadi

26.
Ikkala jamoa tavakkal qilmayapti, mag'lubiyat juda ham yomon natija bo'lishini aytdik

23. Urugvay burchak to'pi tepadi. KAVANIIIIIIIIIIII! Suaresning erlatib oshirgan to'pini Kavani darvozaga yo'lladi, noaniq!

23.
Suares yana o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

22. Kexill! Qo'pol xato sal qolsa raqib gol urishi mumkin edi

20.
Suares jarohat tufaylimi boshqa sabab bilanmi, "Liverpul"dagi o'yinini ko'rsata olmayapti

18. Runi uchun bugungi o'yin JCHdagi 10-bahs hisoblanadi. Avvalgi to'qqizta uchrashuvda u gol urmagan.

17.
Starrijning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'lgan soqol qo'ygan Alvaro Pereyra sheriklariga dalda bermoqda

16.
Matnli translyaciya biroz kech boshlanganiga sababchi insonlarga salomlar. Ular yo'l chetida turishadi, qo'llariga qizil tayyoq.

15. ZARBAAAAAAA! Kristian Rodrigesssssss! CHap oyog'i bilan jarima maydoni ichidan yo'llangan zarba xavfli lekin biroz noaniq chiqdi

14.
Akbar To'raev bilan bundan oldingi bahsni tomosha qildik, Tolibjon Qosimov esa matnli translyaciya bilan ovora bo'ldi. Tolibjonga haykal qo'yish kerak aslida.

14.
Kim nima deb o'ylaydi Suares bugun gol uradimi?

12.
Bizni tushungan va rahmat aytgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni kuzatishda davom eting, yotib olib futbol ko'rishlar oldinda))

9. RUNIIIIIIIIIIII! Uning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi, 20 santimetr noaniq bo'ldi zarba!

9. Ogohlantirish.
Urugvay. Diego Godin to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun, bu volebol emas

8. Bundan oldingi o'yinni ko'rganlar bo'lsa ivuarlik Serey Di madhiya aytilayotgan vaqtda xo'ngrab yig'lagandi. Malum bo'lishicha bugun uning otasi olamdan o'tgan ekan...

7.
Jarima to'pini himoyachilar qaytarishdi, diqqat qiling maydon markazida ikki futbolchi to'p uchun kurashishdi: Suares va Jerrard! Unda Luis g'olib bo'ldi

7. Sterling o'tgan o'yinda bo'lgani kabi o'z driblinglarini ishga solishni boshladi, bolakay. Malades!

6.
Bugun Ispaniya terma jamoasi muxlislarining kayfiyatlari yaxshi emas, shu yoki boshqa sabab tufayli kayfiyat yomon bo'lsa xafa bo'lmang g'alaba va zafarlar oldinda!

5.
Ilk daqiqalarda darvozabonlar xatoga yo'l qo'yishdi.

5. Xavfli vaziyat! SUARESSSSSSS! Burchakdan yo'llangan zarbani Xart bazo'r qaytardi

4.
Bahsni tomosha qilish uchun Zlatan Ibragimovich kelgan, kameralar uni ko'rsatishdi.

3. Bir narsa aytaymi? Bugun mag'lub bo'lgan jamoa Ispaniyaning ahvoliga tushadi!

2.
Muslera, ey bunaqa emasda. Sal qolsa to'pni Starrijga berib qo'yishi mumkin edi. Posbon o'z xatosini yuvib ketdi

2.
Angliyaning hujumi, Godin to'pni qaytarib yubordi

1. O'yin boshlangan


- Salom, salom barchaga, o'yin boshlanishiga uyga etib keldik. Sizlar bilan birga Narzulla o'yinni kuzatib boradi.

- Haligi nima edi, xullas kettik!




Madhiyalar yangrab o'tdi. Sanoqli daqiqlardan so'ng ajoyib bellashuvga start beriladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Bugun "D" guruhida 2-turning markaziy o'yinlardan biri Urugvay - Angliya uchrashuvi bo'lib o'tadi. Birinchi turda "yaralangan sherlar" bahsida kim g'olib chiqishini esa sanoqli daqiqalardan so'ng bilib olamiz!

- O'yin soat 00:00da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика