Urganchda murabbiylar tayyorlash kursi boshlandi
09 noy 2014 20:08
Yangiliklar


Urganchda murabbiylar tayyorlash kursi boshlandi
Urganch shahrida O'zbekiston futbol federaciyasi tasurrufida o'tkazilayotgan besh kunlik tayyorlov kursida 28 nafar xorazmlik yoshlar murabbiylari malakasini oshiryapti.
Ushbu jarayonga O'FFning bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i SHavkat Imomov rahbarlik qilmoqda. Unga Xorazm viloyati futbol federaciyasi mutaxassisi Erkin Qadamov koordinator sifatida yordam beryapti.
Kurs dasturidan o'rin olgan o'quv va amaliy mashg'ulotlar viloyat markazidagi 5-son futbol maktab-internati hamda Urganch olimpiya zaxiralari kolleji bazasida olib borilayotir.
Ikrom XUDOYBERGANOV.
Kurs dasturidan o'rin olgan o'quv va amaliy mashg'ulotlar viloyat markazidagi 5-son futbol maktab-internati hamda Urganch olimpiya zaxiralari kolleji bazasida olib borilayotir.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar