So’nggi yangiliklar

16:33Деку "Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирига қизиқиши билдирганини тасдиқлади  0 16:05"Нефтчи" "Иртиш" устидан ғалабага эришди  3 15:31Кунья: "Одамлар 15 очкодан кўра унинг соч турмаги ҳақида кўпроқ хавотир оляпти"  2 15:03"Локомотив" Грузия жамоасидан енгилди  2 15:01Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  107 14:37Клоппнинг агенти: "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" Юргенга мурожаат қилган  1 14:11Италия ҳакамлар корпуси раҳбари "Ювентус" футболчиси майдондан четлатилгани учун узр сўради  1 13:42Расман: "Пахтакор" польшалик форвардни таркибга қўшиб олди  7 13:22"Навбаҳор" клуби ва "Марказий" стадиони раҳбариятида ўзгаришлар юз берди  1 12:59Моуриньюни АПЛ грандларидан бирида кўришмоқчи  1 12:37"Ливерпуль" юлдузи болалигидан "Реал" ҳақида орзу қилган – Собослаининг келажаги Мадриддами?  5 12:08"Ал Иттиҳод" "Реал" юлдузи учун йирик битим тайёрламоқда  1 11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  19 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  8

Urganchda chempion jamoa aniqlandi Yangiliklar

Urganchda chempion jamoa aniqlandi

O'tgan hafta, aniqrog'i 18-23 may kunlari Urganch shahrida 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Unda Qoraqalpog'iston respublikasi, Namangan, Buxoro, Farg'ona, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatlarining yosh futbolchilari ishtirok etdi.

O'z navbatida guruh o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'tgan Xorazm viloyati terma jamoasi Farg'ona viloyati terma jamoasi bilan, Namangan viloyati terma jamoasi esa Sirdaryo viloyati terma jamoasi bilan yarim final uchrashuvida maydonga tushdi. Ikkala uchrashuvda ham  2:0 hisobi qayd qilindi.

Natijada, final o'yinida Xorazm va Namangan viloyatlari yosh futbolchilari ro'para keldi. Uchrashuvda asosi Xorazm viloyati Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan  bolalar va o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoa 2:0 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston chempioni bo'ldi. Namanganlik yosh “charm to'p” ustalari ikkinchi o'rinni egallashdi. Faxrli uchinchi o'ringa Farg'ona va Sirdaryo terma jamoalari loyiq ko'rildi.

- Bugun barchamiz uchun quvonchli kun, - deydi Xorazm viloyati Madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashlashtirilgan  bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Jaloladdin ABDULLAEV.- Yosh futbolchilarimiz munosib raqib, Namangan viloyati terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, O'zbekiston chempioni degan sharafli nomni qo'lga kiritishdi. Ishonchim komilki, kelgusida shogirdlarimiz orasidan vatanimiz dovrug'ini ko'klarga ko'taradigan futbolchilar etishib chiqadi.

O'z navbatida musobaqaning eng yaxshi futbolchilari deb topilgan SHahzod Sultonboev (darvozabon, Xorazm), Mansur Abdullaev (himoyachi, Namangan), Javohir Abdujabborov (hujumchi, Namangan), Temur Qalandarov (to'purar, Xorazm)lar ham taqdirlandi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика