So’nggi yangiliklar

10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  3 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  19 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay - ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay - ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Ushbu turnirda o'yinlar 80 daqiqadan davom etgan.

Ikkinchi Osiyo kubogiga amaldagi chempion Janubiy Koreya mezbonlik qildi. 1959 yil mamlakatning mezbonlik huquqi tasdiqlangach, Seul shahridagi tepaliklardan birida stadion barpo etiladi. Bu Koreyadagi xalqaro standartlarga mos birinchi stadion edi. Musobaqani o'tkazish jarayoni esa deyarli o'zgarmadi — 80 daqiqadan iborat o'yin hamda to'rt jamoadan iborat davraviy tizim.


Saralash bosqichi avvalgisi singari Markaziy, SHarqiy va G'arbiy zonalar o'rtasida o'tkazildi. Davraviy tizimda o'tkazilgan guruh bahslarining Markaziy mintaqasida Janubiy Vetnam Malayya va Singapurni, SHarqiy zonada Tayvan Gongkong va Filippinni, G'arbiyda esa Isroil Eron, Pokiston va Hindistonni ortda qoldirib, final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Guruh bosqichi tarzida o'tgan final bosqichi uchrashuvlari 14–23 oktyabr kunlari Seul shahridagi Hyochang stadionida o'tkazildi. Mezbonlarni qo'llab-quvvatlash uchun mahalliy muxlislar kutilganidan ko'proq tashrif buyurishdi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Isroilga qarshi bellashuvi oldidan stadion atrofini 100 mingdan ortiq tomoshabin qurshab oldi. Policiya tartibni saqlashga urinishiga qaramay, olomon stadionga bostirib kirdi. Taxminlarga ko'ra, 20 mingga yaqin kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan stadionga 60 ming tomoshabin to'langan. Muxlislar hatto yugurish yo'laklaridan maydon chegara chizig'i qarshisigacha saflangan. Buning ortidan futbolchilar tanaffusda kiyinish xonasiga kira olmad va stadionda nafas rostlashga majbur bo'ldi. CHunki stadion atrofi tomoshabinlar bilan liq to'lgandi. Odamlar sonining ko'pligi va tartibsizliklar natijasida stadion devorining bir qismi qulab tushishi oqibatida 29 kishi jabrlandi, bir bolakay esa halok bo'ldi. Uchrashuv davomida hakam bir necha bor o'yinni to'xtatishga majbur bo'lgan, chunki chiziq qarshisidagi muxlislar maydonga tushib ketaverishgan. Isroil menejeri Jobi Bram o'yindan so'ng "Biz koreyalik futbolchilarga yutqazmadik, balki itoatsiz olomonga mag'lub bo'ldik", deya fikr bildirgan.

Mezbonlar turnir davomida ishonchli o'yin namoyish etib, Janubiy Vetnam (5:1), Isroil (3:0) va Xitoy (1:0)ni mag'lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi marotaba turnir g'olibiga aylandi. CHo Yun-Ok esa 4 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi.

Janubiy Koreya 5:1 Janubiy Vetnam

Gollar: CHo Yun-Ok 15' 66', Vu San-Kvon 27', CHxve Yung-Min 46', Mun Yung-SHik 56' / Nguen Van Tu 65'

Hakam: Xoji Ibrohim bin Annuar (Malayya).

Janubiy Koreya: Yujnaya Koreya: Xam Xyn-CHul; CHa Te Son, Kim Xon Bok; Son Myon Sup, Kim CHan Ki, YU Kvan Djun; CHung Sun-CHon, Mun Yung-SHik [c], CHxve Yung-Min, CHo Yun-Ok, U San-Kvon.

Bosh murabbiy: Kim Yon SHi.

Janubiy Vetnam: CHan Van Duk; Nguen Van Kat, Fam Tri Sang; Lam Van Bon, Fam Van Xieu, Nguen Ngok Txan [c]; CHan Van Nxung, Do Kuang Txach, Nguen Van Kuang, Nguen Van Tu, Trin Nguu (Xyun Nim Van).

Bosh murabbiy: Le Xuu Dik.


Tayvan 2:0 Janubiy Vetnam

Gollar: Luk Man-Vai 46', Yuiu CHeuk-Yin 70'

Hakam: Sumio Hayakava (Yaponiya)

Tayvan: Yung Poy-Dor; Lo Pak, Li Kvok-Va; CHan Fay-Xung, Ng Vay-Man, Kvok Yau; Vong CHi-Geung, Lau Vun-CHing, Xo In-Fan, YU CHeuk-In [c], Luk Man-Vay.

Murabbiy: CHu Kvok-Lun.

Janubiy Vetnam: Trun Van Dok; Fam Tri Sang, Nguen Van Kot; Lam Van Bon, Xou Dam Leng, Nguen Ngok Txan [c]; Trun Van Nxung, Trun Ta, Nguen Van Lu, O Kuang Txak, Nguen Van To.

Bosh murabbiy: Le Xuu Dik.

Janubiy Koreya 3:0 Isroil

Gollar: CHo Yun-Ok 14' 60', Vu San-Kvon 26'

Hakam: Yozo Yokayama (Yaponiya)

Janubiy Koreya: Xam Xyn-CHul; CHa Te Son, Kim Xon Bok; Son Myon Sup, Kim CHan Ki, YU Kvan Djun; CHung Sun-CHon, Mun Yung-SHik [c], CHxve Yung-Min, CHo Yun-Ok, U San-Kvon.

Bosh murabbiy: Kim Yon SHi.

Isroil: Yaakov Xodorov (Yaakov Visoker, 35'); Mordexay Benbinisti, Aaron Amar, Gidon Tish, Cvi Moisesku; Naum Stelmax [c], Amaciya Levkovich, Avraam Menxel; SHlomo Naxari, Rafi Levi, Ieoshua Gleyzer (SHlomo Levi, 41').

Bosh murabbiy: Dyula Mandi (Vengriya).


Isroil 5:1 Janubiy Vetnam 

Gollar: Rafi Levi 13', Naum Stelmax 18', SHlomo Levi 25', Avraam Menxel 32', Amnon Aaronskind 70' / Trun Van Nxung 65' penalti

Hakam: Luis Djavellana (Filippin).

Isroil: Yaakov Visoker; Mordexay Benbinisti, Aaron Amar, Yosef Goldshteyn, Cvi Moisesku; Naum Stelmax [c], Amaciya Levkovich, Avraam Menxel; Amnon Aaronskind, Rafi Levi, SHlomo Levi.

Bosh murabbiy: Dyula Mandi (Vengriya).

Janubiy Vetnam: Trun Van Dok; Fam Tri Sang, Nguen Van Kot; Lam Van Bon, Xou Dam Leng, Nguen Ngok Txan [c]; Trun Van Nxung, Trun Ta, Nguen Van Lu, O Kuang Txak, Nguen Van To.

Bosh murabbiy: Le Xuu Dik.

Janubiy Koreya 1:0 Tayvan

Gol: Mun Yung-SHik 42'

Hakam: Xoji Ibrohim bin Annuar (Malayya).

Janubiy Koreya: Xam Xyn CHul (Pak San Xun, 47); CHa Te Son, Kim Xon Bok; Son Myon Sup, Kim CHan Ki, YU Kvan Djun; CHung Sun-CHon, Mun Yung-SHik [c], CHxve Yung-Min, CHo Yun-Ok (Li Sun-Myon, 36'), U San-Kvon.

Bosh murabbiy: Kim Yon SHi.

Tayvan: Lui Vun-Suen; Lo Pak, Li Kvok-Va; CHan Fay-Xung, Ng Vay-Man, Kvok Yau; Vong CHi-Geung, Lau Vun-CHing, Xo In-Fan, YU CHeuk-In [c], Luk Man-Vay.

Murabbiy: CHu Kvok-Lun.


Isroil 1:0 Tayvan

Gol: SHlomo Levi 72'

Hakam: Yozo Yokayama (Yaponiya)

Isroil: Yaakov Visoker; Mordexay Benbinisti, Aaron Amar, Gidon Tish, Cvi Moisesku; Naum Stelmax [c], Amaciya Levkovich, Avraam Menxel; Amnon Aaronskind (Yosef Goldshteyn 41'), Rafi Levi, SHlomo Levi.

Bosh murabbiy: Dyula Mandi (Vengriya).

Tayvan: Lui Vun-Suen; Lo Pak, Li Kvok-Va; CHan Fay-Xung, Ng Vay-Man, Kvok Yau; Vong CHi-Geung, Lau Vun-CHing, Luk Man-Vay, YU CHeuk-In [c], Szeto Man (Xo In-Fan).

Murabbiy: CHu Kvok-Lun.

Unutilgan va yo'qolgan kubok

Koreyaning 1956 yilgi dastlabki Osiyo kubogida qo'lga kiritilgan kubogi keyinchalik g'oyib bo'ladi. Faqatgina 1990-yillarning oxirini sovrinni qidirish bo'yicha keng ko'lamdagi qidiruv ishlari amalga oshirildi. Malum bo'lishicha, kubok Koreya futbol associaciyasi tomonidan Koreya sport kengashiga sovg'a qilingan va bu barchaning yodidan ko'tarilgan. Kubok esa 2000-yillardan keyin Koreya sport muzeyidan topilgan. Undan ham qiziqrog'i, Janubiy Koreya qo'lga kiritgan 1960-yilgi kubok ham dom-darakchiz yo'qolgan va haligacha topilgani yo'q.

Lanatlangan chempionlik va soxta medallar

Janubiy Koreya 1960-yildan buyon qita chempionligini qo'lga kirita olmayapti. Buni ko'pgina muxlislar soxta oltin medallarning lanatlangani bilan izohlashadi.

1960 yilda chempionlikni qo'lga kiritgandan so'ng, Koreya Futbol Associaciyasi (KFA) milliy terma jamoa o'yinchilariga oltin medallarni topshiradi. Biroq topshirilgan medallar sof oltindan emas, balki qo'rg'oshindan yasalgani malum bo'ladi.

“Biz qo'lga kiritgan oltin medallar soxta edi. Uning arzon tilla bilan qoplangan ustki qismi esa tezda va osongina ko'chib ketgandi", - deydi 1960 yilgi Osiyo Kubogida g'olib chiqqan terma jamoaning eng yosh futbolchisi Park Kyung Xva.

Oltin medallar qalbaki ekanligi aniqlanganidan ko'p o'tmay, jamoa azolari o'z nishonlarini KFAga qaytarib berishdi. 

Associaciyaning medallarni haqiqiy oltindan qayta yasashi uchun 54 yil kerak bo'ldi. Futbol faxriylarining yangi oltin medallarni yasash haqidagi iltimosiga binoan, Koreya futbol associaciyasi 2014 yilda 23 ta oltin medal ishlab chiqardi va ularni tirik qolgan uch kishi va ularning oila azolariga taqdim etdi.

Biroq, 1960 yilda g'olib bo'lgan o'yinchilarning ko'pchiligi vafot etganligi sababli, 23 ta oltin medaldan 17 tasi hozirda associaciya seyfida saqlanmoqda.

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика