So’nggi yangiliklar

16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  0 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  0 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  1 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  8 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  6 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  15 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  20 12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  3 11:57Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи  5 11:31ОФК келаси U-17 Осиё чемпионатлари мезбонини маълум қилди  20 11:10“Реал“ Трентни клублар ўртасидаги ЖЧда иштироки учун “Ливерпул“га қанча пул таклиф қилгани маълум  4 11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  19

“Universiada-2016” kundaligi: Birinchi kun Yangiliklar

“Universiada-2016” kundaligi: Birinchi kun

Teglar :  Universiada
Kecha vodiy gavhari bo'lmish go'zal Farg'onada – oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalari boshlandi.
Kecha vodiy gavhari bo'lmish go'zal Farg'onada – oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalari boshlandi. So'nggi uch kun Farg'ona katta sport bayrami shukuhi bilan yashaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu sport musobaqasiga bag'ishlangan kundaligimiz bilan tanishib boring.

 

Mashalaning keltirilishi

Sport musobaqalarining birinchi kuni voqealarga boy bo'ldi deyish mumkin. 25 may kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi O'zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida “Universiada – 2016” sport musobaqalari mashalasini alanga oldirish marosimi bo'lib o'tgandi.

26 may kuni esa Mashala Farg'onaga yul oldi. “Universiada – 2016” mashalasi olib o'tiladigan shahar va qishloqlarda tantanali marosimlar, sportchilarning chiqishlari bilan yodda qoldi. SHuningdek, taniqli shoir va yozuvchilar, sanatkorlar, keng jamoatchilik vakillari, o'quvchi-yoshlar ishtirokidagi madaniy-marifiy va sport tadbirlari talabalarning yoshlik, go'zallik, birdamlik bayramiga hamohang kuy-qo'shiq va raqslarga ulanib ketdi. Barchaning ko'nglida shodlik.

Viloyatimiz ahli yoshlik, shijoat bayramini o'zgacha ruhda kutib oldi. Buni Mashala o'tayotgan paytda bilib olish qiyin emas edi.

Farg'ona viloyati hududlarida mashala sharafiga keng jamoatchilik ishtirokida madaniy-marifiy tadbirlar o'tkazildia. Mashalani eltadiganlar orasida sportchi yoshlar bilan bir qatorda Farg'onaning Dang'ara tumani, Qo'qon shahri, Uchko'prik, Bag'dod, Rishton, Oltiariq tumanlarida yashovchi taniqli insonlar, sport va mehnat faxriylari ham uchratish mumkn edi.

Kunning birinchi yarmida mashala Dang'ara tumani, Qo'qon shahri, Uchko'prik, Bag'dod, Rishton, Oltiariq tumanlarini kesib o'tdi. Mashalani eltish marosimida yuqorida tilga olingan shahar ham tuman aholisi o'zlarining o'lkan hissalarini qo'shishdi.

Nihoyat, uzoq yo'l bosgan Mashala Farg'ona shahriga etib keldi. Uni katta tantanalari bilan kutib olishdi.

 

Mehmonlarning kelishi

Farg'ona xalqaro aeroportida “Universiada – 2016” sport musobaqalari ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Bu erda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan sportchi yoshlarni karnay-surnay sadolari ostida milliy libosda kiyingan qizlar nonu tuz, gullar bilan qarshi olishdi.

DSC_6568

DSC_6583

Mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqea – yoshlik, kamolot va sport bayrami – “Universiada-2016” o'yinlarida ishtirok etadigan sportchi yoshlar Farg'onaga ko'tarinki kayfiyatda, qizg'in tayyorgarlik bilan kelishgan.

Ishtirokchilarni kutib olish tadbirlarida Farg'ona viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati azosi SHuhrat G'aniev so'zga chiqib, sportchi yoshlarga g'alabalar tiladi.

“Universiada-2016” ishtirokchilari va mehmonlar Farg'ona va Marg'ilon shaharlarida joylashgan tarixiy obidalar, muzeylar, teatrlar hamda yangi barpo etilgan inshootlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

DSC_6574

SHuningdek, musobaqalar jarayonida madaniy-marifiy tadbirlar dasturiga asosan viloyatning barcha shahar va tumanlarida mashhur sanatkorlar ishtirokida bayram shodiyonalari tashkil etildi.

 

Ravshan Ermatov bilan uchrashuv

Kecha Farg'ona Politexnika institutida FIFA referisi, O'zbekiston Futbol federaciyasining xalqaro toifadagi hakami, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda “Universiada-2016” sport musobaqasi qatnashchilari, mehmonlar va bir qator OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov futbolga kirib kelish jarayoni, qiyinchiliklar, faoliyati zinapoyalaridagi shaxsiy maqsadlar, yulduzli o'yinlar va futbol ichida bugun yuz berayotgan jarayonlar haqida so'zladi.

SHuningdek, uchrashuv davomida musobaqa ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

13233148_1319788681371367_7667615936451546193_n

Ravshan Ermatov har bir savolga batafsil javob qaytarishga harakat qildi.

* * *

Universiada-2016” dasturidan o'rin olgan uchrashuv oldidan Ravshan Ermatov o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Ochig'ini atysam, “Universiada-2016” sabab Farg'onada bo'lib o'tgan o'zgarishlarni ko'rib hayratda qoldim. To'g'risi, “Universida” ishtirokchilariga havasim keldi. Bugungi kunda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar alo darajada desam, adashmayman. Faqat o'qish va bilim olish kerak, xolos. Yurtboshimiz aytganidek, biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo'lmaymiz ham. Kelajakda ushbu talabalardan Jahon va Olimpiada chempionlari etishib chiqsa ajab emas.

irmatovlarge

– Bugungi kunda sportchilar uchun ham yaxshi sharoitlar yaratilgan. Barcha yuqori kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Kayfityat yuqori bo'lgan joyda samaradaorlik ham oshadi.

– Yildan-yilga o'zbek futbolining nufuzi oshib bormoqda. Osiyoning ko'plab mamlakatlari bizdagi rivojlanishni ko'rib lol qolmoqda. Biz hozir poydevorni mustahkam qilib bormoqdamiz. O'ylaymanki, bugungi mehnatlarimiz o'z samarasini berib terma jamoamiz albatta Jahon chempionatiga chiqadi.

“Universiada-2016” sport musobaqalari ishtirokchilarga omad tilab qolaman.

 

Musobaqalarga qura tashlandi

Kecha shuningdek, “Universida-2016” sport musobaqalari doirasidagi bir qator sport turlariga qura tashlandi. Unga ko'ra, g'oliblik uchun kurash olib borayotgan jamoalar o'z raqiblarini bilib oldilar.

Mazkur tadbirlarda jamoalar rasmiylari va musobaqa hakamlari ishtirok etishdi.

 

Musobaqaning ochilish marosimi

Yoshlik, do'stlik, shijoat va go'zallik bayrami – “Universiada-2016 sport musobaqalari barchaga ko'tarinkilik ulashmoqda. Kecha “Istiqlol” stadionida musobaqaning tatnatali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

22

Marosim avvalida Farg'ona viloyati hokimi SH.G'aniev “Universiada – 2016” sport o'yinlarini ochiq, deb elon qildi va barchani yoshlik va shijaot bayrami bilan tabrikladi.

So'ng, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Universiada – 2016” sport o'yinlari ishtirokchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o'qib eshittirdi.

Musobaqa ishtirokchilari birin-ketin stadionga kirib kelishdi. Turli sport o'yinlardan parchalar namoyish etildi. El ardog'idagi sanatkorlarning chiqishlari esa davraga yanada fayz bag'ishladi.

Barchani hayajonga solgan yana bir voqea esa mashalaning olib kelinishi bo'ldi.

Stadionga alanga oldirilgan mashalani ko'targan yigit va qiz kirib kelishdi. Bir qator sportchilar navbat bilan mashalani stadoni o'zra aylantirishdi.

“Universiada – 2016” sport musobaqalarning mashalasini yoqish boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni, o'smirlar Olimpiadasi g'olibi, kattalar o'rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, Olimpiada yo'llanmasi sohibi Bektemir Meliqo'ziev va tennis bo'yicha O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar hamda 2014 yil Namanganda o'tgan “Barkamol avlod” o'yinlari sovrindori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sarvinoz Saidxo'jaevalar nasib etdi.

“Universiada – 2016” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi katta koncert dasturi bilan yakunlandi.

SHunday qilib, Farg'onada katta sport musobaqasi boshlanib ketdi. Bugundan “Universiada – 2016” ishtirokchilar 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, engil atletika, og'ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha musobaqalarga kirishishadi.

Abror Dehqonov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика