So’nggi yangiliklar

17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  0 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  7 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  29 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  4 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  24 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  13

Bundesliga. "Bavariya" mehmonda "Union"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" mehmonda "Union"ni mag'lub etdi

"Union" hamda "Bavariya" o'rtasidagi Bundesliganing 26-tur uchrashuvi yakunlandi.

Union Berlin

1. Bundesliga . 26-tur

17/05/2020, 22:00

2
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Robert Lewandowski - 40', Benjamin Pavard - 80'

Stadion: Alte Foersterei, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bastian Dankert

45'
90'
12'  Christopher Lenz
51'  Keven Schlotterbeck
70'  Anthony Ujah (Sebastian Andersson)
71'  Robert Andrich (Christian Gentner)
81'  Marcus Ingvartsen (Joshua Mees)
85'  Grischa Proemel (Felix Kroos)
85'  Marius Buelter (Julian Ryerson)
18'  Thomas Mueller
37'  Alphonso Davies
40'  Robert Lewandowski
71'  Leon Goretzka (Kingsley Coman)
80'  Benjamin Pavard
80'  Joshua Kimmich
85'  Serge Gnabry (Ivan Perisic)
90'  Thomas Mueller (Michael Cuisance)

"Union Berlin" – "Bavariya" 0:2

«An der Alten Fersteray»
Gollar: 0:1 – 40, penalti Levandovski, 0:2 – 80 Pavar.
"Union": Gikevich, Trimmel, Subotich, Xyubner, Lenc, Premel (Kroos, 85), Andrix (Gentner, 71), Byulter (Ryuerson, 85), SHlotterbek, Udja (Andersson, 71), Ingvartsen (Mees, 81).
"Bavariya": Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Gnabri (Perishich, 85), Devis, Goretcka (Koman, 71), Alkantara, Levandovski, Myuller (Kyuizans, 89).
Ogohlantirishlar: Lenc (12), Devis (36), SHlotterbek (51).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 0:2

87. Uchrashuv asosiy vaqtining so'nggi daqiqalarida "Union" jonlangandek ko'rinmoqda, biroq myunxenliklar raqibni markaz chizig'idan o'tkazishmayapti.

80. "Bavariya" hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Benjamen Pavar burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

76. "Bavariya" tezkor hujum amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Gnabri markaz chizig'ining chap tomonida to'pni qabul qilib, oldinga odimladi. U to'pni qarama-qarshi qanotda ochilayotgan Komanga uzatdi, Kingsli esa erlatib "prostrel" amalga oshirdi. Mezbon jamoa esa to'p maydonni tark etishini taminladi.

71. "Bavariya"dan navbatdagi o'ta xavfli hujum, ammo Myuller Devisning uzatmasini darvozaga to'g'irlay olmadi.

69. Agar "Bavariya" ushbu bahsdagi g'alabani qo'ldan chiqarmasa 58 ochko to'plab, eng yaqin taqibchisi Dortmundning "Borussiya" klubidan 4 ochko ilgarilab ketadi. "Union" esa 30 ochko bilan 12-o'rinda qoladi.

66. Robert Levandovskining joriy mavsum barcha turnirlarda urgan gollari soni 40taga etdi. Polshalik hujumchi 5ta mavsumdan beri 40ta va undan ko'p gol urishga muvaffaq bo'lmoqda.

56. "Union"ning hujumi zarba bilan yakuniga etdi, biroq to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

51. Sariq kartochka. SHlotterbek "Bavariya" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi. Bu uning 5-sariq kartochkasi bo'lgani uchun SHlotterbek Bundesliganing keyingi bahsini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

49. "Bavariya" futbolchilari ajoyib harakatlar orqali raqib jarima maydonchasiga kirishdi. Gorecka hujumni ajoyib zarba bilan yakunlashga urindi, biroq darvozabon gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.

47. Gnabri raqib jamoa himoyachilari xatosi tufayli to'pni egallab oldi va qarshisida bir himoyachi bo'lishiga qaramay darvoza tomon zarba berishga urindi, biroq to'p "Union" futbolchisiga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.



TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. Gol ofsayddan urilganini aniqlash uchun ko'p vaqt ketdi.

43. Leon Gorecka o'z jamoasining tezkor hujumini to'xtatdi.

41. SHunday qilib, polshalik forvardning joriy mavsum Bundesligada urgan gollari soni 26taga etdi.

40. GOOOL!!! Robert Levandovski 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni 0:1 ko'rinishiga keltirdi.

39. Penalti! Levandovski o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga erlatib uzatdi, Subotich orqadan kelayotgan raqibini ko'rmay to'pga zarba berishga urindi, ammo "Bavariya" futbolchisini yiqitdi.

33. "Union" o'zining kam sonli hujumlaridan birini amalga oshirdi. To'p jarima maydonchasi ichidagi Udjaga havolatib uzatildi, ammo Noyer hujumchiga imkon qoldirmay to'pni egallab oldi. Darvozabon forvard ustiga yiqilgani tufayli Udja elkasini ushlayapti. Hakam suv ichish uchun tanaffus elon qilganidan so'ng, hujumchi shifokorlar oldiga bordi.

Tribunadagi sanoqli "muxlislar"ning ikkisi.

26. Zarba bo'lmadi, to'p jarima maydonchasiga uzatildi va mehmonlar to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi, undan keyingi burchak to'pi ham bartaraf etildi.

25. Kimmix o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. "Union" raqib jarima maydonchasi chap burchagi oldidan standartni o'yinga kiritadi.

24. O'yin "Bavariya" nazorati ostida o'tmoqda, mezbon jamoa uchrashuv boshidagi faolligidan so'ng hujumga juda kam o'tyapti. Myunxenliklar to'p bilan o'ynashni sog'ingani ko'rinib turibdi.

17. GOOOL!!! Burchakdan to'p uzatildi, ikkinchi qavatdagi kurashdan so'ng to'p darvozaning uzoq burchagidagi Gnabriga kelib tushdi. Hujumchi to'pni boshi bilan Myullerga uzatdi va Tomas darvozani ishg'ol qildi. Hakamlar ofsayd bormi yoki yo'qligini aniqlashi uchun biroz vaqt ketdi, ammo gol bekor qilinmadi. 0:1. Birozdan keyin o'sha vaziyatda ofsayd borligi elon qilindi.

15. Ilk 15 daqiqalikda to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Bavariya"da bo'ldi: 35% - 65%

11. "Union" zaxira o'rindig'iga etibor bering:


7. Mezbonlar yana bir hujumni amalga oshirishdi: Udja uzatmani qabul qilib, to'pni o'ziga to'g'irlagunicha himoyachilar uni o'rab olishdi. Zarba ham noaniq bo'ldi.

5. Byulter "Bavariya" darvozasiga qarata ajoyib zarba berdi, ammo Manuel Noyer karantinda formasini yo'qotgani yo'q. Posbon to'pni ushlab oldi.

3. Kutilganidek, ilk daqiqalardan myunxenliklar hujumlar amalga oshirmoqda.

2. Eslatib o'tamiz, "Union" qizil, "Bavariya" esa oq rangli liboslarda o'ynamoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, ammo tribunalar bo'm-bo'sh. Ha, bunga ko'z o'rganmagan, ammo chempionat davom etishi uchun shunday qilish lozim.


Union Berlin – Bavariya

21.00, «An der Alten Fersteray»

Union Berlin – Gikevich, Trimmel, Subotich, Xyubner, Lenc, Premel, Andrix, Byulter, SHlotterbek, Udja, Ingvartsen.

Bavariya – Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Gnabri, Devis, Goretcka, Alkantara, Levandovski, Myuller.




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика