So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Unai Emeridan “Arsenal“ muxlislariga ochiq xat Yangiliklar

Unai Emeridan “Arsenal“ muxlislariga ochiq xat

"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri klub muxlislariga ochiq xat yozdi.

“Men uchun bu klubni boshqarish katta sharaf edi. Menga “Arsenal“ning buyukligini tushunishga va his qilishga yordam bergan muxlislarga chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizni sayyoramizning har burchagidan qo'llab-quvvatlagan barchaga, “Emireyts“ga kelib sovuqda va yomg'irda rahmat aytish uchun meni kutib o'tirganlarga minnatdorchilik bildiraman. Sizga shuni aytmoqchimanki, men jamoa uchun ishtiyoq bilan astoydil ishladim.

Siz bilan yaxshi natijaga erishishdan boshqa hech narsani o'ylamadim.

SHuningdek, xodimlarga menga bo'lgan munosabati uchun tashakkur aytmoqchiman. Ushbu klubning buyukligi har bir xodimda, direktor, ishchi yoki ko'ngilli(volontyor)da o'z aksini topgan.

Xususan, Ivan Gazidis, Raul Sanlexi, Edu va Vinay Vinkateshamni meni klubga hurmat bilan qabul qilganliklarini aytmoqchiman va ularning bergan yordamlarini qayd etib o'tmoqchiman. So'nggi daqiqagacha ular menga hurmat va sharaf bilan munosabatda bo'lishdi.

Ushbu bir yarim yil emocional yillar edi, yaxshi va unchalik yaxshi bo'lmagan lahzalarga boy o'tdi, lekin bu klubda ishlash baxtiga muyassar bo'lganimni va mana shunday professional futbolchilar bilan birga ishlaganimni har kuni o'ylab yurdim va omadli ekanimni his qildim.

Ular har doim kiygan libosini hurmat qilishdi. Ular sizning qo'llab-quvvatlashingizga loyiq.

Men futbolda ancha lahzalarni ko'rdim, ammo Angliyada ko'p narsalarni o'rgandim va bu erda vaqtimni maroqli o'tkazdim.

Har doim sizga eng yaxshilarini tilovchi!

© Unai Emeri

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика