Unai Emeri: "Sevilya" to'g'ri yo'ldan ketmoqda"
13 dek 2013 15:51
Yangiliklar


Unai Emeri: "Sevilya" to'g'ri yo'ldan ketmoqda"
"Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi 6-turidan o'rin olgan "Frayburg"ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– Biz bu o'yinni yaxshi o'tkazdik, imkoniyatlar yaratdik va raqibga imkon qoldirmadik, – deydi Emeri Football Espana nashriga. – "Sevilya" to'g'ri yo'ldan ketmoqda va rivojlanishda davom etadi. Hozir klub qiyin ahvolda qoldi: prezidentimiz qamoqqa olingani tufayli lavozimini tark etdi. Ammo yaxshi jamoa qurishda davom etamiz.

Fikrlar