Unai Emeri kelajagi borasida qaror qabul qildi
03 noy 2021 21:36
Yangiliklar
Unai Emeri kelajagi borasida qaror qabul qildi
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri klubda qolishini malum qildi.
Oldinroq ispaniyalik mutaxassisga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani malum bo'lgandi.
"Men shu erda qolishga qaror qildim. "Vilyarreal" mening uyim va men jamoaga 100% ishonaman. Menga top-klub qiziqish bildirayotganidan xursandman, lekin hozirda shu erda baxtliman. SHuning uchun Fernando Roigga ("Vilyarreal" prezidenti) qolishimni aytdim.
Ushbu jamoaning bir bo'lagi bo'lishni xohlayman, chunki klub va futbolchilar meni juda hurmat qilishadi", - deydi Emeri.
Eslatib o'tamiz, 50 yoshli murabbiy 2020 yildan buyon "Vilyarreal"ni boshqaradi. Jamoa o'tgan mavsumda Evropa ligasida g'olib chiqdi, bu klubning tarixdagi ilk sovrini hisoblanadi.
Fikrlar