Anana davom etadi. Kurtua La Liganing tig'iz taqvimidan nolidi
17 mar 2025 14:46
Yangiliklar
Anana davom etadi. Kurtua La Liganing tig'iz taqvimidan nolidi
12 mart, chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "Atletiko"ga qarshi o'ynagan bo'lsa, 15 mart kuni "Vilyarreal" bilan Ispaniya chempionatining 28-tur uchrashuvini o'tkazdi (2:1).
"Biz o'ynashimiz kerak bo'lganda o'ynaymiz va bizga o'zini oqlashni keragi yo'q. Dam olish imkoniyati bo'lmagan bo'lsa-da, mag'lubiyatga uchramaganimizdan xursandman. Chorshanba kuni penaltilar seriyasi bilan birga 120 daqiqa o'ynab, keyin shanba kuni soat 18:30 da maydonga chiqishimiz normal holat emas.
Tushunaman, uchta top-klub bir kunda o'ynashi La Liga rahbarlariga yoqmaydi, lekin bazida bu zarur. Bu Angliyada tez-tez sodir bo'ladi. Me buni jamoamizga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblaymag. Yuklamalar ko'pligi tufayli kimdir jarohat olishi mumkin edi", – dedi Kurtua.
Avvalroq "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham uchrashuvlar taqvimidan noroziligini bildirgandi.
"Real" Ispaniya chempionati musobaqa jadvalida 28 turdan so'ng 60 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Jadvalda etakchilik qilayotgan "Barselona" hisobida 60 ochko va 1 ta zaxira o'yini bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar