So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Umtiti "Barselona"dan ketmoqchi emas, himoyachi shartnomani uzaytirmoqchi Yangiliklar

Umtiti "Barselona"dan ketmoqchi emas, himoyachi shartnomani uzaytirmoqchi

Umtiti kataloniyaliklar safini tark etmoqchi emas.

Franciyalik futbolchi yakunlangan mavsumda atigi 16 ta o'yin o'tkazgan, shundan 13 tasida La Liga doirasida maydonga tushgan. Dekabr oyida futbolchi tizzasidan olgan jarohatini tiklagan bo'lsa-da, u hamon kamdan-kam hollarda maydonga tushmoqda. "Barcelona" himoyachini sotmoqchi, ammo Umtiti jamoadan ketish haqida o'ylamayapti. Bundan tashqari, francuzning atrofidagilar uning Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekaniga ishonishadi. Umtitining amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida tugaydi.

Samuelga boshqa jamoalardan takliflar yo'q, ammo futbolchi "Barselona"dan ketishni hatto o'ylab ko'rgani yo'q. Umtiti o'zini yaxshi formada deb hisoblaydi va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishga tayyor. Futbolchi vazn tashlagan va o'zini yanada yaxshi holatda ushlab turish uchun parhez tutmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Zenit"ning Umtitiga qiziqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi .

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика