So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ummon U-20 bosh murabbiyi Xuan David Mansilla: "Mashg'ulot maydonlari bahona bo'la olmaydi" Yangiliklar

Ummon U-20 bosh murabbiyi Xuan David Mansilla: "Mashg'ulot maydonlari bahona bo'la olmaydi"

U-20 Osiyo kubogi doirasidagi Janubiy Koreya - Ummon uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Ummon bosh murabbiyi Xuan David Mansilla ishtirok etdi.

- Ummon terma jamoasi Osiyo kubogiga qanday tayyorgarlik ko'rdi?
- Terma jamoamiz bilan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etdik va musobaqaga tayyorlanish uchun etarlicha imkoniyatimiz bo'ldi. Endi musobaqada o'zimizni ko'rsatishimiz kerak.

- Ummon terma jamoasining ushbu turnirdagi maqsadi qanday?

- Maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish va ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan raqobatlashish, yaxshi o'yin namoyish etish. Janubiy Koreya terma jamoasi kuchli raqib, lekin biz ularga muammolar tug'dira olamiz deb umid qilaman.




- Toshkendagi ob-havoga futbolchilaringiz ko'nikib olishdimi?

- Toshkentdagi havo bir oz salqinroq, lekin bu futbol o'ynash uchun ajoyib ob-havo va bu bizga yordam beradi deb o'ylayman.

- Toshkentdagi mashg'ulot uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirsangiz, ob-havo va maydonlarning holatiga qanday baho berasiz?

- Hozirgi issiqlik darajasiga bizga qulay, maydonlar va sharoitlarga keladigan bo'lsak, maysa ideal holatda emas, lekin o'ynasa bo'ladi va bu erga biz kurashish uchun kelganmiz, mashg'ulot maydonlari esa bahona bo'la olmaydi.

- Ispaniyada ishlagansiz, Evropada ham shunday turnirlar ko'pmi? Bu turnirlarning Jahon chempionatiga yo'llanma berishdan tashqari, yana qandaydir foydasi bormi?

- Men Ispaniya futbol Federaciyasida 9 yil ishlaganman. Ko'p qobiliyatli o'yinchilar shunday musobaqalar orqali kashf etiladi, ushbu musobaqalar yoshlar uchun juda muhim va ushbu musobaqa orqali ko'pgina futbolchilar o'z salohiyatini namoyish eta oladi.

- Ertangi raqib Janubiy Koreya termasi haqidagi fikrlaringiz?

- Biz ushbu tarkib bilan 1 yildan beri ishlab kelayapmiz, Janubiy Koreya kuchli raqib lekin ularga yaxshigina muammmo tug'dira olamiz deb o'ylayman. Biz raqiblar haqida etarlicha malumotga egamiz va ularga qarshi yaxshi o'yin namoyish etamiz deb o'ylayapman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика