So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  0 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1

Ummon U-20 bosh murabbiyi: "Ushbu musobaqa biz uchun katta tajriba bo'ldi" Yangiliklar

Ummon U-20 bosh murabbiyi: "Ushbu musobaqa biz uchun katta tajriba bo'ldi"

Ummon U-20 bosh murabbiyi Xuan David Mansilya Iordaniya yoshlariga qarshi kechgan bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringizni aytib o'tsangiz?

- Birinchi navbatda Janubiy Koreya va Iordaniya terma jamoalarini keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Biz uchun qiyin uchrashuv bo'ldi. Biz ushbu uchrashuvdan avval ikkita uchrashuvda mag'lub bo'lgan edik. Ushbu musobaqaga futbolchilar uchun tajriba bo'ladi.

- Futbolchilraningizga ushbu turnir qanday foyda keltirdi?

- Avvalambor, bu musobaqa katta tajriba. SHuningdek, futbolchilar katta tezlikda va bosim ostida o'ynashga o'rganishdi. Sababi, bizning jamoada yosh o'yinchilar ko'p edi. Masalan, tarkibimizda 2005 yilda to'g'ilgan bir nechta futbolchi bor edi va ushbu musobaqa ular uchun halqaro maydondagi birinchi qadam bo'ldi.

- Musobaqa davomida bir xil uslubda o'ynadingiz. Bunga nima sabab?

- Biz ko'proq to'pni nazorat qilishga harakat qilamiz, lekin rejamiz har doim ham ish bermaydi. Ummonlik futbolchilarda texnikasi kuchli bo'lgan o'yinchilar bor, ammo ular hozir maydonda noto'g'ri qaror chiqarishmoqda. Masalan, zarba beradigan vaqti ular to'pni sheriklariga uzatmoqda. Biz ushbu muammoni to'g'irlashga harakat qilamiz.

- Turnir uchun yaratilgan sharoitlardan qoniqdingizmi?

- Ha, hamma narsa alo darajada bajarildi, ammo mashg'ulot maydonlari bo'yicha savollar bor. Barcha jamoalar uchun tashkil etilgan mashg'ulot maydonlarining maysasi yaxshi holatda emas edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика