Ummon guruhi: Bu bolalar kelajakda yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib yurishlariga tilakdoshmiz
03 iyu 2018 11:30
Yangiliklar
Ummon guruhi: Bu bolalar kelajakda yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib yurishlariga tilakdoshmiz
Festivalda nafaqat futbolchi, murabbiy va jurnalistlar, balki taniqli estrada xonandalari ham ishtirok etishdi.
Biz futbol o'yinini tomosha qilib o'tirgan va tanaffus paytida stadionga o'zlari tushib, qo'shiq kuylagan «Ummon» guruhi vakillarining fikrlari bilan qiziqdik.
«Avvalambor bugungi festivalda ishtirok etib turganimizdan juda ham manunmiz. Barcha qoraqalpoq xalqini, jajji ukajonlarimiz va singillarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Nukus shahridagi stadionda katta sport festivali bo'lib o'tmoqda. Bu erdagi harorat judayam ko'tarinki ruhda. Hammaning yuzida tabassum. Jajji ukalarimiz esa maydonda futbol o'ynashmoqda. Ukalarimizga omad tilaymiz. Kelajakda yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib yurishlariga tilakdoshmiz».
Furqat Yusupov suhbatlashdi
Fikrlar