Umid Xonimqulov: “Penalti belgilangan vaziyatda to'p jamoadoshimning qo'liga tekkan edi”
04 mar 2017 13:05
Yangiliklar
Umid Xonimqulov: “Penalti belgilangan vaziyatda to'p jamoadoshimning qo'liga tekkan edi”
Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng "Qizilqum" klubi darvozaboni Umid Xonimqulov o'z fikrlarini bildirdi.
“Avvalam bor barchani mavsum boshlangani bilan tabriklayman. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda biroz omadimiz kelmadi. Ushbu bahsga tayyor edik. Lekin, o'zimizning kichik xatolarimiz tufayli darvozamizdan uchta gol o'tkazib yubordik. Mag'lubiyatga butun jamoa aybdor. Penalti belgilangan vaziyatda to'p jamoadoshimning qo'liga tekkan edi. Ammo bu vaziyat jarima maydonchamiz ichida sodir bo'ldimi yoki yo'q, bilmayman. Biz ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. “Paxtakor” esa bizga qaraganda ancha mazmunli o'yin namoyish etdi. Raqiblarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi turda ochko yo'qotish keyingi turlarda o'z tasirini ko'rsatadi. Xatolarimizdan xulosa chiqargan holda keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz”, - deydi “Qizilqum” klubi darvozaboni Umid Xonimqulov.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Fikrlar