So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Umid Tojimov: “Xorazm” yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rdi" Yangiliklar

Umid Tojimov: “Xorazm” yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rdi"

Teglar :  XorazmUmid Tojimov
Kuni kecha Nukusda “Orol” – “Xorazm” uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichiga saralashidan o'rin olgan mazkur uchrashuvda urganchliklar mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvdan so'ng “Xorazm” murabbiyi Umid Tojimov bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Albatta har bir jamoa maydonga g'alaba qozonish maqsadida tushgani kabi “Xorazm” ham muxlislarini quvontirishni o'ylagandi. Biroq birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik qovushmadi. Bunga sabab jamoa tarkibi yangitdan shakllanayotganidir. Ikkinchi taymda esa vaziyat biroz o'zgardi. Ammo raqib ham yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib yubordi.   

- CHempionatga imkon qadar puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qildik. Toshkentda ham malum muddat yig'in o'tkazildi. Tarkibda ham o'zgarishlarga qo'l urdik. Asosan mahalliy yigitlarni olib qolib, endi-endi katta futbolga kirib kelayotgan yoshlarni safimizga qo'shib oldik. Rahbariyat tomonidan ham oldimizga mahalliy yoshlarni etishtirib berish vazifasi qo'yilgan. Oliy ligaga chiqish uchun esa 1-2 yil vaqt kerak bo'ladi. Buning uchun avvalo mustahkam poydevor qo'yib olishimiz lozim.

- Darhaqiqat, bu yil murabbiy sifatida debyut mavsumimni o'tkazaman. SHuni aytib o'tishni istardimki, “Xorazm”da ayni damda rasmiy bosh murabbiy Mixail Kim hisoblanadi. Men esa murabbiylik licenziyasi uchun endi o'qishni boshlayman. SHu bois malum muddat yordamchi sifatida ishlab turaman.

- Yangi mavsumdan nimani kutyapman? Albatta, futbolchilik davrimda ham har qanday o'yinga g'alaba uchun tushganman. Murabbiy sifatida ham yutqazishni istamayman.  

Islombek Rustambekov.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика