So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  3 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  17 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Umid Isoqov o'zbek “El Klassiko”sida “Paxtakor”ning g'alabasini taxmin qilmoqda Yangiliklar

Umid Isoqov o'zbek “El Klassiko”sida “Paxtakor”ning g'alabasini taxmin qilmoqda

Teglar :  Umid Isoqov
Bugun oliy liganing 25-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bo'lajak uchrashuvlar oldidan sobiq hujumchi Umid Isoqovning fikrlarini bilishga qiziqdik.

Muxlislar yaxshi bilsa kerak, ushbu tajribali hujumchi o'z vaqtida “Neftchi” – “Paxtakor” qarama-qarshiligida ko'p marotaba maydonga chiqqan. SHuning uchun u bilan suhbatimizni aynan shundan boshlamoqchi bo'ldik. Isoqov esa hazilomuz tarzda, o'yinlar oldidan bashorat qilgani qiynalishini, so'nggi paytlarda kutilmagan hisoblar qayd etilayotganini takidlab o'tdi va har bir bahsga qisqacha to'xtaldi.
 
“Metallurg” – “Nasaf”
Mazkur bahsda menimcha mehmonlar zafar quchsa kerak. CHunki “Nasaf”da o'yin yaxshi shakllantirilgani ko'rinib turibdi. To'g'ri, bekobodliklar ham osonlikcha taslim bo'lmasligi aniq. Ammo baribir “ajdarlar” yutsa kerak deb o'ylayman.

“Neftchi” – “Paxtakor”
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvidir. Mazkur bahsda muxlislar keskin kurashlarni ko'rsa ajab emas. “Paxtakor”ning o'yinlarini kuzatdim. Ularda tarkib anchagina yoshartirilgan. O'yin-uslub ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Mahorat evaziga ham “sherlar” bugun Farg'onadan uch ochko bilan qaytishi mumkin deb o'ylayman. “Neftchi”ning ham o'yinlarini ko'rdim. Jamoa yomon emas. Lekin vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, “Paxtakor” baribir kuchli. Buni turnir jadvalidagi xolat ham aytib turibdi. Ilgari “Neftchi” tarkibida “Paxtakor”ga qarshi ko'p o'ynaganman. Uchrashuvdan ikki kun oldin murabbiylar bizlarni qarorgohdan chiqarmasdan, o'yinga tayyorlardi. Menimcha “Paxtakor”dan ham ko'ra ko'proq “Neftchi” – “Navbahor” qarama-qarshiligi qiziqroq va tomoshabop tarzda o'tardi.

“Mashal” – “Bunyodkor”
Muborakliklarning o'yiniga tushunib bo'lmayapti. Bir qarasang safardan ochko bilan qaytmoqda. Bazida esa o'z maydonida imkoniyatni boy bermoqda. Ularning bugungi raqibi “Bunyodkor”ning o'yinlarini ko'rdim, tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina ekani ko'rinib turibdi. “Qaldirg'ochlar”ning bronza medaliga bo'lgan imkoniyati hamon saqlanib turganini inobatga olib aytadigan bo'lsak, menimcha ular bugun kamida kichik hisobda g'alaba bilan qaytadi.

“Lokomotiv” – “Olmaliq”
Toshkentdagi o'yinda so'zsiz maydon egalari zafar quchadi deb o'ylayman. “Temiryo'lchilar” o'tgan turda Andijondan o'zlari uchun ijobiy natija bilan qaytgandi. Bu esa ularga bugungi o'yin oldidan ruhan ustunlik berishi turgan gap. Boz ustiga “Lokomotiv” chempionlikka sari xarakat qilmoqda. Bunday paytda o'z uyida mag'lub bo'lmaslikka urinadi.

“Navbahor” – “Andijon”

Ertaga Namanganda vodiy derbisi juda qiziqarli o'tsa ajab emas. Bu kabi o'yinlarda jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni katta ahamiyat kasb etmaydi. Har ikki jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. Namanganlik muxlislar jamoasining g'alabasini sog'inib qolishdi. Anchadan buyon “Lochinlar” yutmay qo'ydi. “Andijon” esa oliy ligada qolish uchun kurashmoqda. Ular ham g'alaba uchun borini berishi turgan gap. Menimcha katta extimol bilan derbida mezbonlarga omad kulib boqadi.

“So'g'diyona” – “Dinamo”
Turnir jadvalida ikki yonma-yon o'rin egallab turgan jamoalar o'rtasida kechadigan bahsda kimning qo'li baland kelishini oldindan aytish qiyin. Bu qaysidir manoda ustoz va shogirdning to'qnashuvi hamdir. Samarqandliklar o'tgan safar uyida mag'lub bo'lib, qimmatli ochkolarni boy bergandi. Endi ular shuni Jizzaxda qaytarib olish uchun ham astoydil urinadi. Lekin “So'g'diyona”ga ham ochko juda zarur. Har ikki klubda ham bir xil vaziyat. Menimcha durang qayd etilsa kerak.

“SHo'rtan” – “Qo'qon-1912”
G'uzorliklar autsayderlar qatorini tark etib ulgurdi. Ularning oliy ligada qolishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. “Qo'qon-1912” bilan bahsda menimcha durang bo'lishi mumkin.

“Qizilqum” – “Buxoro”
Navoiyliklar o'tgan turda Qo'qondan mag'lub bo'lib ketgandi. Bu safar endi o'z maydonida muxlislarini g'alaba bilan xursand qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kearkki, “Buxoro” garchi turnir jadvalida so'nggi o'rinlarda borayotgan bo'lsada, deyarli yutishni boshladi. Adashmasam so'nggi 2-3 o'yindan beri buxoroliklar g'alaba qozonmoqda. Agarda ertangi bahsda ham astoydil xarakat qilsa, ular yutishi mumkin.


Islombek Rustambekov.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика