So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  170 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  1 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Umid Ahmadjonov Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejini tubdan rekonstrukciya qilish va qayta qurish bo'yicha topshiriq berdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejini tubdan rekonstrukciya qilish va qayta qurish bo'yicha topshiriq berdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Kecha Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejiga borib, u erdagi sharoitlarni ko'zdan kechirgan, sportchi yoshlar bilan suhbatda bo'lgandi.

Bugun esa MOQ rahbari Respublika Olimpiya zaxiralari sport kolleji hamda bir qator sport federaciyalari rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda mazkur o'quv dargohini tubdan rekonstrukciya qilish, uni jahon standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy holatga keltirish masalasi ko'rib chiqildi.

Umid Ahmadjonov terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi ko'zda tutilgan mazkur sport kollejida tamirlash ishlarini tezkorlik bilan boshlash yuzasidan topshiriq berdi. Unga ko'ra, Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji yil yakuniga qadar jahon standartlariga to'liq javob beradigan, zamonaviy uslubda ko'rinish olishi lozim.


U erda olimpiya sport turlariga ixtisoslashgan yo'nalishlarda talim oladigan sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. SHuningdek, kollej hududi bo'ylab velosiped uchish va yugurish yo'lakchasi barpo etiladi. Rejaga binoan tamirlash ishlari shu yil yakuniga qadar yakunlanishi ko'zda tutilgan.

Eng muhim yangilik sifatida esa kollej hududida sport shaharchasining barpo etilishi rejelashtirilayotganini qayd etib o'tsa bo'ladi. Loyihaga ko'ra, yangi quriladigan barcha sport inshootlari, mashg'ulot zallari va maydonlari dunyo andozalariga momand ravishda qad ko'taradi. Bu erda mamlakatimizning eng iqtidorli va kelajagi porloq yosh sportchilari tahsil olishadi. ROZK chin manoda terma jamoalarimiz uchun asosiy tayyorgarlik bazasiga aylantiriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика