Umid Ahmadjonov Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejini tubdan rekonstrukciya qilish va qayta qurish bo'yicha topshiriq berdi

Aziz Tukhtamuradov
25 may 2018, 18:42
Kecha Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejiga borib, u yerdagi sharoitlarni ko'zdan kechirgan, sportchi yoshlar bilan suhbatda bo'lgandi.

Bugun esa MOQ rahbari Respublika Olimpiya zaxiralari sport kolleji hamda bir qator sport federatsiyalari rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda mazkur o'quv dargohini tubdan rekonstrukciya qilish, uni jahon standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy holatga keltirish masalasi ko'rib chiqildi.

Umid Ahmadjonov terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi ko'zda tutilgan mazkur sport kollejida ta'mirlash ishlarini tezkorlik bilan boshlash yuzasidan topshiriq berdi. Unga ko'ra, Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji yil yakuniga qadar jahon standartlariga to'liq javob beradigan, zamonaviy uslubda ko'rinish olishi lozim.


U yerda olimpiya sport turlariga ixtisoslashgan yo'nalishlarda talim oladigan sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, kollej hududi bo'ylab velosiped uchish va yugurish yo'lakchasi barpo etiladi. Rejaga binoan ta'mirlash ishlari shu yil yakuniga qadar yakunlanishi ko'zda tutilgan.

Eng muhim yangilik sifatida esa kollej hududida sport shaharchasining barpo etilishi rejelashtirilayotganini qayd etib o'tsa bo'ladi. Loyihaga ko'ra, yangi quriladigan barcha sport inshootlari, mashg'ulot zallari va maydonlari dunyo andozalariga momand ravishda qad ko'taradi. Bu yerda mamlakatimizning eng iqtidorli va kelajagi porloq yosh sportchilari tahsil olishadi. ROZK chin manoda terma jamoalarimiz uchun asosiy tayyorgarlik bazasiga aylantiriladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz