Umid Ahmadjonov Qo'qondagi "Markaziy" stadionga tashrif buyurdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
1 mar 2018, 18:56
Umid Ahmadjonov Qo'qondagi "Markaziy" stadionga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun viloyatdagi olimpiya sport turlari va futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish maqsadida Farg'ona viloyatiga yo'l olgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Umid Ahmadjonov Farg'ona viloyatiga tashrifini “Qo'qon-1912” klubiga qarashli “Markaziy” stadionda amalga oshirilayotgan rekonstrukciya ishlari bilan tanishishdag boshladi.


Yodingizda bo'lsa, shu yilning 2 fevral kuni Umid Ahmadjonov Qo'qonga kelganida stadionning umumiy holati bilan tanishib, rekonstrukciya ishlarini jadallashtirish borasida tegishli ko'rsatmalar berib o'tgandi.

O'tgan vaqt davomida amalga oshirilgan qayta ta'mirlash ishlarini Umid Ahmadjonov yuqori baholadi. Qo'qon o'zbek futbolining vatani ekanini alohida ta'kidlab, Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun barcha qulayliklarni yuzaga keltirish kerakligi borasida yana bir bor ta'kidlab o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com