Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegaciya Nukusda
31 may 2018 18:46
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegaciya Nukusda
Festival davomida turli sport tadbirlarini o'tkazish ko'zda tutilgan. Asosiy tantanalar shahar markazidagi "Turon" stadionida bo'lib o'tadi. SHuningdek, maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg'alari topshiriladi.
1 iyun kuni o'tkaziladigan tadbirda Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati futbolchilaridan tashkil topgan futbolchilarga qarshi maydonga tushadi.
Bugun mazkur sport bayramida ishtirok etish maqsadida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi sport delegaciyasi hamda estradamiz yulduzlari Nukusga etib kelishdi.
Delegaciya azolari Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog'iston sport jamoatchiligi tomonidan tantanali kutib olindi. Ertangi tadbirda futbolchilarimizdan Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Doston Hamdamov va Jamshid Iskanderovlar ham ishtirok etadi. Qolaversa, U-23 terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham delegaciya bilan Nukusga etib keldi.
Ertaga bo'lib o'tadigan asosiy tadbirni Championat.asia ham voqea joyidan yoritib borishga harakat qiladi.
X.Xoliqov.








O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar