Umarbek Eshmurodov "Nasaf"ga o'tdi
15 iyu 2017 14:01
Yangiliklar
Umarbek Eshmurodov "Nasaf"ga o'tdi
“SHo'rtan” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoamizda o'z o'rniga ega bo'lgan ajoyib himoyachimiz Umarbek Eshmurodov ertadan vohamizning yana bir jamoasi “Nasaf” tarkibiga borib qo'shiladi.
Birinchi davra yakunida “ajdarlar” murabbiylar shtabi ushbu futbolchimizga katta qiziqish bildirayotganini jamoamiz rahbariyatiga malum qilgan edi. SHu kungacha olib borilgan muzokaralardan so'ng, tomonlar kelishuvga erishdi va Umarbek Eshmurodov endilikda “Nasaf” shanini himoya qiladigan bo'ldi.
Jamoamiz safiga esa “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Dilshod Xushbakov kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu yosh va iqtidorli futbolchi jamoamizdagi faoliyatini 2012 yilda yoshlar tarkibida boshlagan edi.
Batafsil malumotlarni saytimiz orqali yoritishga harakat qilamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!

“SHo'rtan PFK” matbuot hizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar