Bugun “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidagi raqibini bilib oladi
15 jan 10:26
Yangiliklar
Bugun “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidagi raqibini bilib oladi
Bugun Toshkent vaqti bilan 12:00da OFK binosida Ayollar OCHL musobaqasi chorak finali uchun qura tashlanadi.
“Nasaf” guruhda ikkinchi o'rinni egallab chorak finalga chiqqan. Chorak finalda “Nasaf”ga Avstraliyaning "Melburn Siti", Yaponiyaning "Tokio Verdi" yoki Shimoliy Koreyaning "Naegohyang" jamoasi ro'baro' keladi. Chorak final bahsi bitta o'yindan iborat bo'ladi va 28-29 mart kunlari bo'lib o'tadi. Agar Nasaf chorak finalda g'alaba qozonsa, 20-23 may kunlari o'tadigan 4 jamoa ishtirokidagi final bosqichiga yo'l oladi va o'yinlarni Qarshida qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Musobaqa g'olibiga 1 million dollar mukofot puli beriladi.
Musobaqa g'olibi shuningdek FIFAning yangi tashkil qilingan ayollar o'rtasidagi klublar Jahon chempionatiga ham yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar