So’nggi yangiliklar

23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  1 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  4 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  3 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6

Umarali Rahmonaliev: "Rubin" o'zimni ko'rsatishim uchun ajoyib imkoniyat. Maydonda borimni berishim kerak" Yangiliklar

Umarali Rahmonaliev: "Rubin" o'zimni ko'rsatishim uchun ajoyib imkoniyat. Maydonda borimni berishim kerak"

"Rubin" yangi azosi jamoaga o'tishi va yangi klubdagi ilk taassurotlari haqida gapirdi.

- "Rubin" varianti qanday paydo bo'ldi? His-tuyg'ular qanday?

- Bu erda meni yaxshi kutib olishdi, hammasi zo'r. Agent menga "Rubin" varianti borligi haqida gapirdi. Murabbiy va jamoadoshlarim bilan maslahatlashib, ketishga qaror qildim. O'zimni Rossiya futbolida sinab ko'rishni istadim. Yashirmayman, orzum Evropada o'ynash, "Rubin" esa o'zimni ko'rsatishim uchun ajoyib imkoniyat. Endi futbol maydonida borimni berishim kerak.



- "Rubin" klubi haqida nima deya olasiz?

- Bu erda futbol uchun hamma narsa bor. Tashkilotchilik, mashg'ulotlar, umuman, barcha sharoitlar etarli. Baza va kademiyada yaxshi sharoit mavjud. Qozonni biroz aylanib chiqdim, shahar go'zal. Birinchi mashg'ulotni o'tkazdim, o'zimni yaxshi his qildim.

- Jamoadoshlaringiz bilan tanishib ulgurdingizmi?

- Ha. Bezrukov bilan suhbatlashdim, u birinchi mashg'ulotda menga katta yordam berdi. Murabbiylar ham zo'r qarshi olishdi, hech qanday muammo yo'q. Bazada Yuriy Dyupin bilan bir xonaga joylashtirishdi, u bilan ham ko'p gaplashdik. U mendan katta va ko'maklashib turibdi.



- Yozda "Rubin"ga o'tishingiz haqida malum bo'lgandi. "Rubin"ni kuzatib bordingizmi?

- Ha, kuzatib bordim. Uchrashuv va mashg'ulotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali tomosha qildim. Rossiyada futbol tajovuzkor va kurashlarga boy.

- O'zbekistonda Kante degan laqabingiz bor, deyishadi. Demak, bunday futbol sizga begona emasmi?

- Ha. 2015 yil "Bunyodkor" akademiyasida katta yoshli yigitlar shunday nom qo'yishgan.

- Qaysi poziciyada o'ynash siz uchun qulay?

- Murabbiy qaroriga bog'liq. Men "oltinchi" bo'lib o'ynay olaman, yani tayanchda. O'zbekiston chempionati ikkinchi davrasida insayder poziciyasida o'ynadim, bu "sakkizinchi". Nima bo'lganda ham, murabbiy qo'ygan poziciyaga ko'nikaman.

- Qanday kuchli tomonlaringizni ajratib ko'rsata olasiz?

- Ko'pchilikning aytishicha, ko'p mehnat qilib, to'pni olib qo'yishda yaxshi o'ynayman. Menga o'z-o'zimga baho berish qiyin.

- Mavsum uchun o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

- Har doim jamoaviy maqsadlar ustuvor. Keyin shaxsiy maqsadlarga etibor qarataman. Men o'zimga va butun O'zbekistonga o'zbek futbolchilari Rossiyada ham o'ynay olishi mumkinligini ko'rsatmoqchiman.

Umarali Rahmonaliev "Rubin" safiga qo'shildi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика