So’nggi yangiliklar

15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  3 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  4 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  11 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11

Umarali Rahmonaliev: "Lokomotiv" bilan o'yin "Bunyodkor"da yoshlarga etiborning bir qismi, xolos" Yangiliklar

Umarali Rahmonaliev: "Lokomotiv" bilan o'yin "Bunyodkor"da yoshlarga etiborning bir qismi, xolos"

Kecha Superliganing uchinchi turi doirasida navbatdagi ikki o'yin bo'lib o'tdi.

Toshkentda "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvi turning markaziy to'qnashuvi hisoblanardi. Ikki jamoa ham tarkibida yoshlarga ko'proq etibor qaratayotganini inobatga olganda teng kuchli jamoalar sanalardi. O'yindan so'ng mazkur fikrimizga "Bunyodkor"ning yosh yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev qo'shilgan holda o'zining taassurotlari bilan bo'lishdi. 



- Avvalambor g'alaba bilan tabriklaymiz. Joriy mavsumdan boshlab asosiy tarkibda to'p tepib kelyapsiz. "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng qanday xulosalar paydo bo'ldi?

- O'yin biz kutgandek vaziyatlarga boy bo'ldi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimiz g'alaba keltirdi, deb o'ylayman. Bu oqshomda o'z o'yinimizni ko'rsatak g'alaba qozonardik. Amalda bu ish uddalandi. "Lokomotiv"ga qarshi bahs tarixda qoldi. Keyingi bellashuvlarda ham shunday o'yin namoyish qilishni maqsad qilganmiz. 

- "Qizilqum" bilan o'yindan so'ng ruhiyat tushib ketgandi. Jamoada yosh futbolchilar ko'p. Ular buni engib o'tishlari bir muncha qiyinroq...

- O'sha kuni o'zimizning xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Bu biz uchun katta saboq bo'ldi, deya olaman. Natijada ikki hissa kuch bilan tayyorgarlik ko'rdik. Futbolda mag'lubiyat va g'alaba birga yuradi. Mag'lubiyatlardan cho'kib qolmay xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak. Klubda yoshlarga etibor berilayotgani quvonarli. "Lokomotiv" bilan o'yin yuqoridagi jihatning bir qismi edi, xolos.

- Jamoada sizni Kante, deb ham chaqirishadi. Qiziq, ushbu nomni sizga kim bergan? O'zingiz ham Kanteni kuzatib borasizmi?

- Akademiyada to'p tepayotgan vaqtimda akalarim qo'yishgan. Albatta Kanteni o'yinlarini kuzatib boraman. U meni kumirim. Nasib qilsa, shu yo'sinda davom etamiz. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика