So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Ulug'bek Ro'zimov: “Har qanday musobaqaning ilk uchrashuvi qiyin bo'ladi” Yangiliklar

Ulug'bek Ro'zimov: “Har qanday musobaqaning ilk uchrashuvi qiyin bo'ladi”

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi.
KXDRga qarshi o'yin oldidan o'z vaqtida milliy terma jamoamiz libosida o'ynagan sobiq futbolchi, Ulug'bek Ro'zimovga murojaat qildik.

- Ulug'bek aka, Avstraliyada start olgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz bugun guruhdagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur o'yin oldidan fikringiz qanday?
- Hozircha bu haqda bir nima deyish qiyin menga. Birinchi o'yindan keyingina xulosa qilsa bo'ladi. CHunki men MTJni bitta sinov nazorat o'yinini ko'rdim. SHuning uchun to'liq tasavvurga ega emasman. Jiddiy bir fikr bildirgani ham qiynalaman. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday musobaqada birinchi o'yin murakkab bo'ladi.

- Raqib jamoa KXDR haqida ham aytarli malumotga ega bo'lmasangiz kerak. Lekin qanday hisobni kutyapsiz?
- Albatta O'zbekiston milliy terma jamoasini g'alaba qozonishini istayman. Axir xalqimiz shuni kutyapti. Boz ustiga birinchi turdagi ijobiy natija keyingi o'yinlarda yigitlarga ruhan yaxshi tasir o'tkazadi. SHuning uchun Yaratgandan faqat va faqat g'alaba so'raymiz.

- CHempionat favoritlari deya kimlarni ko'ryapsiz?
- Men sizga aytsam, Osiyo chempionatiga kuchsiz jamoa bormaydi. Birortasini kuchli yoki aksincha deb bo'lmaydi. Futbolchilar ham shuni xis etish kerak. Raqibni mensimaslik yomon xolatlarga olib kelishini tushunish lozim. SHu bois har bir bahsga jiddiy qarash joiz. Aniq nomlarga keladigan bo'lsak, bu borada 4ta terma jamoani ko'rsatib o'tishim mumkin. Bular: tabiiyki o'z-o'zidan birinchi o'rinda O'zbekistondan degan bo'lardim. Keyin Avstarliya, Yaponiya, Janubiy Koreyadan ham ko'p narsa kutsa bo'ladi. Saudiya Arabistoni ham kuchayib bormoqda. Balki ular ham favoritlarga jiddiy tashvish tug'dirar.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика