So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  7 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Ulug'bek Mirzaev: "Xebay bu yil "Andijon"da qoladi. "Neftchi" bilan uchrashuvni "Bobur Arena"da o'tkazish uchun jiddiy muzokara o'tkazamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Xebay bu yil "Andijon"da qoladi. "Neftchi" bilan uchrashuvni "Bobur Arena"da o'tkazish uchun jiddiy muzokara o'tkazamiz"

Yaqinda "Andijon" jamoasi matbuot xizmati hujumchi Rubin Xebayga Turkiya jamoalaridan qiziqishlar bo'layotgani haqida malum qilgan edi.

Joriy mavsumda Superligada kashfiyot bo'lib turgan va Dragan CHeranga raqobatchi bo'lgan Xebayga yozda ham "sovchilar" paydo bo'lgani rost. Xo'sh, bu borada "Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev nima deydi?

- "Andijon" jamoasi bu yil selekciya ishlarida ko'p jamoalardan bir bosh ustunligini ko'rsatmoqda. Klubda selekciya bilan kim shug'ullanadi, Xebay qanday topilgan edi?

- CHindan ham bu yilgi selekciya ishlarimizdan xursandmiz. Jamoamizga foyda keltiradigan haridlar bo'ldi. Xebay, Arveladze, Litovka, Boshnyak o'zini ko'rsatishmoqda. To'g'risini aytsam, selekciya ishlariga o'zim masuliyat va jiddiylik bilan yondoshaman.  Bevosita o'zim boshchilik qilaman. Osiyoda, Evropada ko'plab do'stlarim, tanish agentlar, murabbiylar bor. Deylik 100tadan oshiq futbolchi ko'rgan bo'lsak, saralab olib murabbiylarga taqdim qilamiz. Alohida skautlar guruhimiz bor, desam ham bo'ladi. Futbolchilarning qobiliyatlarini, noyob jihatlarini ko'rsatamiz. Murabbiylar shtabi maqullaganidan so'ng muzokaraga kirishamiz. Rubin Xebay masalasiga kelsak, bu futbolchini shoshmasdan chuqur o'rganib transfer oynasining so'nggi kunida  shartnoma imzoladik. Hattoki, to'p tepgan so'nggi jamoasi murabbiylari bilan gaplashdik. Bu futbolchi "Andijon"ga yordam bera olishini aytishdi. Xebay bilan qo'rqmasdan 2 yilga shartnoma imzoladik. Bilasiz, ko'p hollarda bizda legionerlar bilan bir yillik shartnomaga qo'l qo'yiladi. Yozda keladigan legionerlar bilan mavsum oxirigacha kelishuv qilinadi. Biz ularning qobiliyatiga iqror bo'lganligimiz uchun 2 yillik bitm tuzdik. Xebayni topishda ko'proq "Antalyaspor" bilan hamkorligimiz yordam berdi, deya olaman. "Antalyaspor" menejeri Erdem Erdal taklif qilganidan so'ng albaniyalik forvardni o'rganib chiqdik. Yakunda vaqt ko'rsatdiki, "Andijon" uchun yaxshi transfer bo'ldi. 

- Xebay qanday holatda qo'yib yuboriladi?

- Xebayga yozda juda ko'p qiziqishlar bo'lgani rost. Klubimizga va rahbariyatga og'zaki murojaatlar bo'ldi. Lekin yozda futbolchini hech qaerga qo'yib yubormasligimizni takidladik. SHundan so'ng qog'ozda rasman takliflar kelmadi. Maqsadimiz Xebay bilan yaxshi natijalarga erishish. Xebayni O'zbekiston Superligasida to'purar bo'lishini kutmoqdaman. To'purarlik unvonini qo'lga kiritganidan so'ng unda takliflar yana ko'payadi. Buning natijasida Xebayni yaxshiroq xorij klubiga transfer qilib, "Andijon"ga daromad keltirib, yangi mavsumda undan ham kuchliroq Xebayga o'xshagan hujumchilarni topishga harakat qilamiz. Bu borada allaqachon hujumchilarni ko'zdan kechirish ishlari boshlangan. Mutaxassislar bilan maslahatlashyapmiz. Xebay ketgan taqdirda uning o'rnini bosa oladigan hujumchi olib kela olamiz. SHu orqali transfer siyosati orqali klubimiz daromad qila oladi. Agarda Xebayga 200-300 ming dollarlik takliflar kelib tushsa, bu "Andijon" uchun yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Eslay olmayman, "Andijon" jamoasidan qachon futbolchi transfer bo'lgan? Bo'lgan bo'lsa ham, katta sumalarda emas. Bu 32-milliy chempionatimizda "Andijon" tarixidagi eng katta transfer bo'ladi. Yuqorida aytdim yaxshi summaga va uning o'rniga o'yinchi topa olsakkina qo'yib yuborishimiz mumkin. Bilasiz, Xebayni "Andijon" bilan 2 yillik shartnomasi bor. Futbolchining yo'lini to'smaslikka va vaqtida qo'yib yuborishni bilish ham kerak. Aksi bo'lsa, keyinchalik bunday jamoalarga yaxshi futbolchilarni kelishi ham qiyin kechadi.

Har qanday holat bo'lishi mumkin. Lekin bu yozda Xebayni Turkiya klublariga ham, boshqa jamoalarga ham qo'yib yuborish niyatimiz yo'q. Faqatgina mavsum tugagach ko'rib o'rganib chiqamiz. Muxlislar xotirjam bo'lishsin. Xebay bu yil jamoamizda qoladi.

31 avgust kuni "Neftchi" bilan o'ynaymiz. Birinchi davrada "Bobur Arena" hali tayyor bo'lmagani sababli, uy uchrashuvlarimizni "Istiqlol"da o'tkazdik. Farg'onada ham rasmiy mezbon biz edik. "Neftchi" klubi rahbariyatiga bugun rasmiy xat yubormoqchimiz. Oldindagi o'yinni "Bobur Arena"da o'tkazsak, sport principlari, tenglik bo'lardi. 31 avgust kungi o'yinni Andijonda o'tkazishga harakat qilamiz. Jiddiy muzokara olib boramiz. Muzokaralar qanday tugaydi vaqt ko'rsatadi.

O'ylaymanki, hozirgacha ko'rsatgan natijalari alo emas yaxshi, deya olaman. Mavsumni 6-5 o'rinlarda yakunlasak, alo deyish mumkin bo'ladi.Mavsumni yaxshi yakunlashga eng kamida 6 va undan yuqori  pog'onada tugatishga harakat qilamiz. Lekin mavsum tugashiga 9ta tur bor va bu borada oldindan gapirish qiyin. Kutilmagan natijalar bo'lyapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика