So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Ulug'bek Boqiev: "Ivan Boshkovich uchrashuv yakunlanganidan so'ng qizil kartochka olgani uchun matbuot anjumanida ishtirok etmayapti. Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlik etishmadi" Yangiliklar

Ulug'bek Boqiev: "Ivan Boshkovich uchrashuv yakunlanganidan so'ng qizil kartochka olgani uchun matbuot anjumanida ishtirok etmayapti. Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlik etishmadi"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Surxon" – "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" jamoasi murabbiyi Ulug'bek Boqiev matbuot anjumanida qatnashdi

- O'yin haqida

- "Surxon" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. So'ngi uchrashuvda o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazgan edik. Bu safar ham xuddi shunday o'yin namoyish etishni maqsad qilgan edik, ammo bugun o'yinimiz chiqmadi. O'tgan uchrashuvda har bir vaziyatimizdan unumli foydalangandik. Bugun esa vaziyatlardan yaxshi foydalana olmadik va shu sababli mag'lubiyatga uchradik.

- "So'g'diyona" jamoasi ochiq futbol namoyish etadigan jamoalarga qarshi ancha bemalol futbol o'ynaydi. Masalan OKMK va "Bunyodkor" jamoalariga qarshi kechgan bahslarda Jizzax jamoasi ancha chiroyli va ochiq futbol ko'rsatgandi. Lekin "Surxon" kabi himoyada tartibli futbol o'ynaydigan jamoalarga "So'g'diyona"ning tishi o'tmagayotgandek?

- Fikringizga qo'shilmayman. Himoyada ko'pchilik bo'lib harakatlanadigan va ochiq futbol tarafdori bo'lgan jamoalariga qarshi ham bir xil o'ynashga intilamiz. Ko'pgina vaziyatlarda bizga sovuqqonlik etishmayapti xolos. Oldinda bizni tanaffus kutib turibdi. Ushbu pauzadan unumli foydalanib, yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz.

- Jamoa etakchilaridan biri Lyupche Doriev birinchi bo'limda juda ko'p vaziyatlarda to'pni qizg'angandek tuyuldi. Doriev to'pni o'zida ko'proq ushlab yubormadimi?

- Savolingiz noto'g'ri deb o'ylayman. Eng avvalo futbol bu jamoaviy sport turi. Lyupche ko'p gol va assist qayd etayotgan bo'lishi mumkin, ammo bu raqamlar faqat uning kuchliligini emas jamoadoshlari ham unga katta yordam berayotganini anglatadi. Bu barcha futbolchilarning mevasi. Doriev "Bunyodkor"ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdi va bugun ham ancha yaxshi harakat qildi. Biroq bugun hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmadi. Doriev bilan bir yarim yildan ko'proq vaqt davomida ishlab kelayapmiz va Lyupche juda samimiy inson ekanligiga shubha qilmayman.

- Uning bor etibori to'purarlik poygasiga qaratilmadimi?

- Yo'q. Doriev u haqida umuman o'ylamayapti. Uning asosiy maqsadi jamoaga foyda keltirish. Lyupche Doriev egosi baland futbolchi emas.

- Hakamning qaysi qarori Ivan Boshkovichni bunchalik g'azablantirdi? Bosh murabbiyning o'zidan ushbu savolni so'ramoqchi edik, ammo janob Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etishdan bosh tortdi.

- Hakamlik haqida savollarga javob bermaymiz.

- Bosh murabbiy Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etmayotganining sababi nima?

- O'yin yakunlanganidan so'ng bosh hakam Ivan Boshkovichga qizil kartochka ko'rsatdi. Matbuot anjumaniga kirish mumkin emas ekan.

- Samandar Mavlonqulov o'tgan mavsum ikkinchi davrada juda yaxshi o'yin namoyish etgandi. Joriy mavsumda esa Mavlonqulovda biroz pasayish qayd etilmoqda. Bunga sabab nima?

- Futbolchining o'yiniga asosan gollar bilan baho beramiz, biroq u yangi mavsumda ko'proq jamoaga foyda keltirmoqda. O'tgan mavsumdan ko'ra. Jamoa o'yiniga qo'shayotgan hissasini gollar bilan solishtirish biroz noto'g'ri. Samandar Mavlonqulov milliy terma jamoaga nomzod bo'la oladigan futbolchi.

- "So'g'diyona" jamoasi goldan so'ng o'zini yo'qotib qo'ydi. Jamoa bugun birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborishga tayyor emasmidi?

- Biz barcha scenariylarga tayyorgarlik ko'ramiz. Hisobda oldinga o'tib olganimizda nima qilishimiz. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng kimni almashtirishimizni avvaldan bilamiz va shunga tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun gol o'tkazib yuborganimizdan keyin yanada faollashdik. Keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarni xursand qilishda davom etamiz.



Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика