So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  6 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  2 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  15 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Ulug'bek Baqoev: “So'g'diyona” OCHLda ishtirok etishga tayyor" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “So'g'diyona” OCHLda ishtirok etishga tayyor"

19-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi o'tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ishtirok etdi.

“Andijon” turnir jadvalining so'nggi o'rinlaridan birida turganligi sababli, bu jamoaga safarda qarshi o'ynash qiyin bo'lishini avvaldan bilgandik. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham ayni paytda har bir ochko oltinga teng. O'ylaymanki, durang adolatli natija bo'ldi. “Andijon” jamoasining keyingi o'yinlariga omad tilayman.

- O'yingacha maqsadingiz qanday edi? G'alaba qozonishmi yoki durangmi?

- Biz doim maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Bilishimcha, bu normal holat. Har bir jamoa yutishni xohlaydi. Ammo, futbolda doim ham sen aytganing bo'lavermaydi. Biroq, bugun maydonga g'alabani ko'zlab chiqqandik, lekin yakunda durangga erishdik.

- Qayd etilgan natijadan qoniqdingizmi?

- Qoniqdim desam ham bo'ladi, qoniqmadim desam ham bo'ladi. Sababi, har bir ochko uchun kurash olib borayotgan jamoadan ochko olish yaxshi, albatta. Bu meni qoniqtirdi. Lekin qoniqmagan jihatim shundaki, o'yin yakunlarida bir kishi ko'p bo'lib harakat qilib ham g'alaba qozona olmaganimiz alam qildi. Mana shu ikki omillar qoniqishim va qoniqmasligimga sabab bo'ldi.

-“Andijon” jamoasining o'yiniga qanday baho berasiz?

- Maydonning har bir qarich joyi uchun kurash olib boradigan tartibli jamoa deb ayta olaman. Qolaversa, jamoani yaxshi mutaxassis boshqarib bormoqda.

- Jamoangiz ikkinchi davrada mag'lubiyatga uchramasdan kelmoqda. Buning sababi nimada?

- Bilishimcha, jamoaning ichki muhiti yaxshiligidan bo'lsa kerak deb o'ylayman. Klubdagi barcha bir birini hurmat qiladi. Mening fikrimcha, mana shu jihatlar muvaffaqiyatli odimlayotganimizga sabab bo'lsa kerak deb o'ylayman.



- Ikki-uch yil avval jamoada moliyaviy qiyinchiliklar borligi haqida juda ko'p yozishgandi. Hozirgi kunda jamoaning moliyaviy ahvoli qanday?

- Moliyaviy tomonlarimiz haqida malumot berish huquqi yo'q menda. Lekin, shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda muammolarimiz yo'q.

-Hozir jamoangiz uchinchi o'rin uchun kurashish imkoniyatiga ega. Agar bordi-yu, “So'g'diyona” Halqaro musobaqaga yo'llanma olsa, Jizzax bu musobaqani o'tkazishga tayyormi?

- O'ylashimcha, Superligada o'ynayotgan har bir klub OFK musobaqalarida o'ynashga tayyor bo'lsa kerak. Superliganing har bir klubi OFK talablari bo'yicha ish olib bormoqda. SHular qatori, biz ham tayyormiz.

- Jamoa sardori Sanjar Rashidov so'nggi paytlarda zahira o'rindig'ida qolib ketmoqda.

- So'nggi paytlarda juda ko'plab uchrashuvlarimiz bo'lib o'tdi. SHu sababli, Sanjar biroz charchab qoldi. Qolaversa bugun “Andijon” to'p uchun yuqori qavatda qanday o'ynashini bilganimiz uchun Rashidovni zahirada olib qoldim.

- Murabbiy sifatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishingizga ishonasizmi?

- Biz har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- “Andijon” bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin jamoangiz hujum qilishni kamaytirdi. Bunga nima sabab?

- Kubokning qaysidir o'yinida xuddi shunday holat yuz berdi. O'yin so'nggida bir kishi kam bo'lib qolgan raqiblarimiz 95-daqiqada darvozamizni ishg'ol etdi. “Andijon” bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan, baribir ikki hujumchisi oldinda edi. SHu sababli, ko'proq urg'uni himoyaga qaratdik.


“Andijon” matbuot xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика