Ulug'bek Baqoev: "Rahbariyat va futbolchilarga mavsum uchun rahmat aytaman"
03 dek 2020 18:06
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: "Rahbariyat va futbolchilarga mavsum uchun rahmat aytaman"
Superliga 26-turdan o'rin olgan "Surxon" - "Sug'diyona"(1:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Turnir jadvalining quyida tushunarsiz holat yuzaga kelgandi. "Surxon", "Andijon", "Buxoro" Superligada qolish uchun kurashdi. Bular ichidan har qanday jamoa elitadan tushib ketishi mumkin edi. Vaziyatni bilgan holda tayyorgarlik ko'rdik. Kuchli oltilikka kirishimiz uchun g'alaba zarurligini tushunib turgandik. O'yin va bu mavsum uchun barchaga rahmat aytmoqchiman. Klub rahbariyatiga ham minnatdorchilik bildiraman. "Surxon"ni Superligada qolgani bilan tabriklayman",- deydi Baqoev.
O’xshash yangiliklar
18:36
Eron chempionati. "Fulad" yirik hisobda imkoniyatni boy berdi, O'tkir Yusupov 90 daqiqa o'ynadi 12

Fikrlar