Ulug'bek Baqoev: “O'yin durangga mos bo'ldi”
16 iyu 2019 08:13
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: “O'yin durangga mos bo'ldi”
Superliga 11-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “So'g'diyona” (1:1) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug'bek BAQOEV bahs haqida quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun har ikki jamoa ham asosan oldinga o'tishga va hujum uyushtirishga urindi. Raqibda ham, bizda ham etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Yakunda qayd etilgan durang natija adolatli bo'lganini takidlay olaman. Yigitlarga esa maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. “Qizilqum” jamoasi bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Keng to'p uzatishlar va qanotlar ancha faol ishladi. Raqib safida jarohat olgan futbolchilar tezroq tuzalib ketishlarini tilayman, - dedi buxorolik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar