Ulug'bek Baqoev: "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo'lmaydi"
26 iyu 2019 22:32
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo'lmaydi"
"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun O'zbekistonning amaldagi chempioniga qarshi o'ynadik. SHu bois tartibli o'ynashga va qarshi hujumga o'tishga harakat qildik. "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo'lmaydi.
Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Uchrashuv so'nggida jamoa xarakter, tartib va g'alabaga bo'lgan istak tufayli gol urib uch ochko egasiga aylandik", - deydi Ulug'bek Baqoev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar