Ulug'bek Baqoev: "Kerakli paytda ochko oldik, biroq natijadan qoniqdim deya olmayman"
20 okt 2023 20:14
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Kerakli paytda ochko oldik, biroq natijadan qoniqdim deya olmayman"
Coca Cola Superligasi 22-turi doirasida "Metallurg" maydonidagi durangdan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
- Turnir jadvalidagi o'rnimizni hisobga olgan holda Bekobodga ijobiy natijani maqsad qilib kelgandik. Bahsning dastlabki daqiqalarida bizda golga tortadigan yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa, "Metallurg" bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin tashabbusni o'z tomonimizga og'dirgandik.
Ammo o'zimizda ham chetlatish bo'lgandan keyin tashabbusni boy berib qo'ydik. Ikkinchi bo'lim "Metallurg"ning ustunligi ostida o'tdi, shu sababli bugungi o'yindagi durang natijasi biz uchun zarur natija bo'ldi deya olaman.
Balki natijadan qoniqdim deya olmasman, ammo kerakli paytda, safarda ochko olish kerak bo'lib turgandi. Biz oxirigacha kurashamiz. Imkoniyatlar etarlicha. O'z mavqeimizni yaxshilashga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar