So’nggi yangiliklar

07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  2 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  73 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1

Ulug'bek Baqoev "iflos futbol" haqida: "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o'ynamoqda. Asosiysi natija, unga qanday erishish jamoaning muammosi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev "iflos futbol" haqida: "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o'ynamoqda. Asosiysi natija, unga qanday erishish jamoaning muammosi"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"To'g'risini aytganda bizning o'yinimiz yaxshi taassurot qoldirmadi. "Bunyodkor" bizdan yaxshiroq o'ynadi. Balki ruhiy holat bilan bog'liqdir. Durang ham natija. Barcha jamoalar ochkolar uchun kurashishmoqda. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz. "Bunyodkor"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- Bugun VAR ishlamaganiga munosabatingiz...
- Bu menga beriladigan savol emas, menimcha texnik muammolar sabab shunday bo'ldi. Agar bugun VAR ishlaganida balki biz yutarmidik.

- Championat.asia saytida chiqqan "Iflos futbol" nomli maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak...
- Bu hurmatli jurnalist ikkita statistikani keltirgan. Futbolda juda 10dan ko'p statistika bor. Nega u boshqa statistikalarga qaramaydi. Darvozalarga zarbalar, individual harakatlar, to'pni olib qo'yish va boshqalarga etibor qilinglar. "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o'ynamoqda va ECHL finallariga chiqmoqda, Ispaniya chempioni bo'lmoqda. Asosiysi natija, jamoa qanday bunga erishadi bu bizning muammo. Kimdir boshqa futbol o'ynaydi, kimdir kurashlarga boy futbol o'ynaydi. Angliya yoki boshqa chempionatlarga qaranglar. Bu jurnalistga hech qanday etirozim yo'q, balki u shunday o'ylar, lekin men bunday o'ylamayman, masalan. Mavsum oxirida ko'ramiz, u haqmi yoki nohaqmi.

- Srechko Katanecga "So'g'diyona"dan qaysi futbolchilarni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
- Yo'q, har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Katanecda vaqt bor va o'zi maydonda ko'rib tanlaydi. Qaysidir futbolchimizni tavsiya qila olmayman.

- Bugun "So'g'diyona" bir ochko qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?
- Agar o'yinga obektiv qarasak bugun bir ochko qo'lga kiritdik. "Bunyodkor" ayni paytda yaxshi formada va bu jamoa bilan durang yaxshi natija.

- Qulmatovning birinchi taymda almashtirilishi nima bilan bog'liq?
- Sardor Qulmatov jarohat oldi, ikkinchi taymda Jasur Hakimov ham jarohat olib maydonni tark etdi.

- Jasur Hasanov 90 daqiqa o'ynayotgani jismoniy holati yaxshiligidanmi yoki uning o'rniga boshqa futbolchi yo'qligidanmi?
- Nimaga, Hasanov o'zining yoshiga qaramay yaxshi o'ynamoqda va asosiy tarkibga munosib ekanligi uchun o'ynamoqda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика