So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  6 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

Ulug'bek Baqoev: "Har bir futbolchi oldidagi to'siqlarni engib o'tsa, top-darajaga chiqadi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Har bir futbolchi oldidagi to'siqlarni engib o'tsa, top-darajaga chiqadi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Birinchi galda "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklayman. O'yindan oldin futbolda bo'lgani kabi chempionlik yo'lakchasi orqali tabrikladik. CHempion bilan oddiy o'yin bo'lgani yo'q. O'yin ruhiy tomondan juda asabiy o'tdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Nimadir o'xshadi yoki o'xshamadi. Yigitlar ham asabiylashishdi, ham hayajonlanishdi. Standart vaziyatdan to'p kiritdik. To'p o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Futbolchilarga ishtiyoq va xohish uchun rahmat aytaman. Muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman. CHempionat davom etadi. Oldinda 3 ta uchrashuv qolgan. Taqvim esa og'ir", – deydi Ulug'bek Baqoev. 

- Ohirgi ikki yilda SHahboz Jo'rabekovning o'yini ancha o'sdi. Uni ko'proq oldingi chiziqda o'ynatyapsiz. Aslida vazifasi qanday?

- U juda tarbiyali futbolchi va yaxshi inson. Maydonda va uning tashqarisida intizomga rioya qiladi. Har bir futbolchining oldidan malum bir to'siqlar bo'ladi. Mana shu to'siqdan o'tib olsa, top-futbolchiga aylanadi. Agar engib o'tolmasa, o'rtamiyona bo'lib qolaveradi. U iloji boricha bolalar futbolidan voz kechib, barqaror o'ynashi kerak. O'yinini tahlil qilar ekanmiz, bir taymda juda yaxshi o'ynashi mumkin. Nima qilish kerak bo'lsa, alo darajada qiladi. Tanaffusda qo'lidan nima kelsa, shuni emas, yanada yaxshiroq o'ynashi kerakligini aytdim. SHahbozni gol urgani bilan tabriklab qolaman. Uni porloq kelajak kutmoqda. Aytganimdek, buning uchun to'siqlarni bartaraf etmog'i darkor. Eron yoki Janubiy Koreya chempionati darajasidagi futbolchi, deb o'ylayman. 

- "So'g'diyona" bu yil "Paxtakor"ga mag'lub bo'lmagan va ikki uchrashuvda 4 ochko olgan yagona jamoa bo'lib turibdi. SHaxsan o'zingiz "So'g'diyona"ni Superligadagi eng kuchli jamoa, deb hisoblaysizmi?

- Nechta o'yinda yutganimiz yoki yutqazganimiz muhim faktor hisoblanmaydi. Medallar uchun kurashayotganimizda, barcha futbolchilar, rahbariyat, oshpaz va boshqa xodimlarning xizmati katta bo'lmoqda. Birinchi o'rinda esa albatta, futbolchilar maydonda ter to'kmoqda. Ular o'ynasa, muxlislar stadionga keladi, to'p tepishmasa, yo'q.

- Mavsum davomida "Paxtakor" chempionlik uchun kurashda qaysi jihatdan ustunlik qildi?

- Ularning har bir poziciyasida top-futbolchilar yig'ilgan. Senda chempionlik vazifasi bo'lsa, miyangda ham shu narsa aylanadi. Qaysidir manoda maydonga juda katta ishonch bilan chiqishadi. CHunki ular chempion. "Paxtakor"ga keyingi mavsum OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolaman. O'zbekiston nomidan ishtirok etishadi. Albatta, muxlislik qilamiz. Biz har doim raqibdan kelib chiqib o'ynaymiz. Bugun tartibli o'ynadik.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика