Ulug'bek Baqoev: "Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q"
01 apr 2021 21:56
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q"
O'yin haqida
- Bu futbol, unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Kimda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutadi. Dastlab penaltidan gol o'tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng yana darvozamizga penalti belgilandi. Raqib yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmagandan so'ng yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Bugungi o'yin uchun jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolda gol urgan yutadi. Muxlislar ham bugungi o'yinni tomosha qilib zavqlanishdi deb o'ylayman, ularni g'alaba bilan tabriklayman.
- Keyingi o'yinda "Bunyodkor" bilan o'ynaysizlar. SHu o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?
- Ochig'ini aytsam, bugungi g'alabadan so'ng o'zimga kelib ulgurganim yo'q. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
- Bugungi o'yinda "So'g'diyona" darvozasiga ikki bor penalti belgilandi. Bu xolatga "Turon" bilan bo'lgan o'yindagi hakamlikning tasiri bor deb o'ylaysizmi?
- Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q. Bunga tegishlicha hakamlar qo'mitasi baho beradi. Biz keyingi o'yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar