So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ulug'bek Baqoev: "G'alaba qozonish doimo yoqimli..." Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "G'alaba qozonish doimo yoqimli..."

“Metallurg” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikr-mulohazalari bildirdi.

-  Albatta, bugun ob havo futbolchilarga qarashmadi. Kuchli yomg'ir ostida o'ynadik. Bu uchrashuvga o'zining tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Yigitlarga katta rahmat. Ko'rsatmalarni aniq bajarishdi. Tartibli o'ynashdi. G'alaba bilan barcha o'yinchilarimni va muxlislarimizni tabriklayman. Har qanday tanaffusdan keyin musobaqani g'alaba bilan davom ettirish juda yoqimli. “Metallurg” jamoasiga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- “So'g'diyona” etti uchrashuvdan buyon mag'lubiyatsiz odimini davom ettirayapti: to'rtta g'alaba, uchta durang. Bunday natijaga erishish oson kechmayotgandir...
- Futbolchilar har bitta o'yinga ishtiyoq bilan chiqishayapti. Ko'rsatmalarni bekamu ko'st bajarishmoqda. Himoyada tartibli o'yin ko'rsatayapmiz. Natijalarimiz mahsuli shuning uchun ham ijobiy.

- Jamoa Superligada eng kam gol o'tkazib yuborgan kollektivlardan biri bo'lib turibdi...
- Takidlaganimdek, himoyada tartibli o'yin ko'rsatayapmiz. Ayni paytda bitta hujumchi bilan o'ynayapmiz, ixtiyorimizdagi tarkibdan kelib chiqib. Bundan tashqari raqibning o'yiniga qarab taktika tanlaymiz.

- U-21 jamoasini ham kuzatib borasizmi?
- Hozircha to'g'risi kuzatolmadim. Bizda U-21 dan tashqari U-18 yoshlilar birinchiligi o'tkazilayotganligi ham zo'r ish. Albatta vaqt ajratib yoshlarning o'yinini kuzataman. Iqtidorli o'yinchilarga zarur tavsiyalar berib, asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика