So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Ulug'bek Baqoev: “Evropalik ikki legioner bilan muzokara olib borilmoqda” Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “Evropalik ikki legioner bilan muzokara olib borilmoqda”

Buxoroning “Buxoro” klubida katta o'zgarishlar bo'lgandan so'ng, murabbiylik postini O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ulug'bek Baqoev egalladi.

Mavsumga jamoani Baqoev jiddiy tarzda tayyorlamoqda. Bu haqida murabbiyning o'zi fikr bildirdi.

“Mavsumga mashg'ulotlar, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. O'ylaymanki chempionat bahslariga o'z sport formamizni tiklab olamiz. Ertaga “Mashal” jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsak, 25 fevral kuni “Paxtakor” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazamiz.

Mana shunday o'rtoqlik o'yinlari orqali futbolchilarni ko'rib olamiz. CHempionat bahslarigacha asosiy tarkibni aniqlab olamiz. Ungacha 2-3 ta chizig'imizga mos tushadigan futbolchilarni tarkibga qo'shib olamiz. Futbolchilar harakat qilmoqda, yugurishmoqda bundan meni ko'nglim to'q.

Hozircha ikki nafar xorijiy futbolchi bilan muzokaralar olib boryapmiz. Muzokaralar ijobiy yakunlansa tez kunda o'sha futbolchilar safimizga kelib qo'shilishadi va jamoa bilan shartnoma tuzishi mumkin. Ikkala futbolchi ham Evropadan”, - deydi “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика