So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Ulug'bek Baqoev: "Bo'lajak har bir bahsga xuddi finalga tushgandek tushamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Bo'lajak har bir bahsga xuddi finalga tushgandek tushamiz"

OFK kubogi doirasidagi "So'g'diyona"-"Istern" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Ulug'bek Baqoev va o'yinning eng yaxshi futbolchisi SHohruz Norxonov qatnashdi.

Ulug'bek Baqoev: Barchaga xayrli kech. G'alaba bilan xalqimizni, jizzaxlik muxlislarni tabriklayman. Raqib bugun juda tartibli himoyalandi va qarshi hujumda o'ynadi. Bizda esa nimadir o'xshadi, nimadir yo'q. Bazi vaziyatlarda tezroq harakat qilish kerak edi, ammo jismoniy holat baribir o'z so'zini aytdi. Nima bo'lgan taqdirda ham g'alaba qozondik va keyingi bosqichga chiqdik.

Bugun raqibdan kelib chiqib asosan qanotlardan hujum qildik. Yakunda aynan shu yo'l bilan gol urdik.

Tanaffus vaqtida ortiqcha gaplar aytmadik. Barcha o'yinning muhimlik darajasini tushunib turgandi. Kichik xatolarimizni to'g'riladik va bir nechta o'zgarishlar yordamida g'alaba qozondik.

Biz uchta frontda kurashni davom ettiryapmiz. Bu qiyin ammo katta tajriba. Bo'lajak har bir o'yinga, qaysi musobaqa bo'lishidan qatiy nazar, xuddi finaldek tushamiz.

OFK kubogida yarim finalga chiqdik. Futbolchilarning ko'pi xalqaro musobaqalarda ilk bor o'ynamoqda. Ular uchun bu katta natija hisoblanadi. Xalqaro o'yinlar orqali kelajakda milliy terma jamoada o'ynashga va legioner bo'lib to'p tepishga intilishadi. Ularning har biriga bugungi o'yin uchun rahmat.

Hislat Halilov yoshlar terma jamoasi bilan safarga ketgan. SHu bois uning xizmatidan foydalana olmadik.

SHohruz Norxonov: Bugun yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Menimcha muxlislarga yoqdi. Gonkong klubi ham yaxshi jamoa ekan. Lekin ularni o'rganib chiqqandik. Oxirida gol urib g'alaba qozonganimizdan xursandman. Stadionga kelgan muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Keyingi o'yinda ham ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.

Har bir hujumchi maydonga gol uraman deb tushadi. Bugungi gol faqat meniki emas, bugun jamoa, hatto zaxira o'rindig'idagi futbolchilarining hissasi bor. Butun jamoa bo'lib gol urdik.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика